O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi huzuridagi fiskal insituti


-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi


Download 49.18 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi49.18 Kb.
#1439991
1   2   3   4
Bog'liq
Oraliq Bugalteriya

3-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi
30. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlang‘ich hujjatlar shakli blankalari qat’iy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

31. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.


(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
32. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
33. Qat’iy hisobdagi blankalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
34. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Agar mas’ul shaxs vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan bo‘lsa, qat’iy hisobdagi blankalar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
35. Qat’iy hisobdagi blankalarni mahsulot yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning mas’ul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan shartli ravishda o‘rami buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
36. Matbaa korxonasidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yo‘llanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi. E’tirozlar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildirilishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
37. Qat’iy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularning buzilish yoki o‘g‘irlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Korxonada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini ta’minlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qat’iy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur Nizomning 1-sonli ilovasiga muvofiq, raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
“Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
39. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
40. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va baholash bo‘yicha hisobga olinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son)
41. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
42. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirig‘i asosida amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
43. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan mazkur Nizomning 2-sonli ilovasidagi shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varag‘ini qat’iy hisobdagi blankalarini to‘g‘ri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
44. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).
45. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
46. Qat’iy hisobdagi blankalarda o‘chirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qat’iy hisobdagi blankalarni to‘ldirish va ishlatilishi bo‘yicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
47. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlardan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qat’iy hisobotdagi blankalar” schyotidan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Qat’iy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal bo‘yicha ularning umumiy hisob summasi bo‘yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
48. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
49. Nuqsonli, to‘ldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qat’iy hisobdagi blankalarni yo‘q qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, zarurat tug‘ilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki noto‘g‘ri to‘ldirilgan blankalar yo‘q qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qo‘yiladi va ular yozilgan kunning o‘zidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
50. Qat’iy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo‘yicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 49.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling