O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Download 1.74 Mb.
bet106/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

Odamlarning o‘ziga o‘zi baho berishi, o‘zini aholining muayyan guruhiga mansubligini anglashi ularning turmush darajasi va sifatining umumiy hamda yakuniy indikatori hisoblanadi.
Bu borada, albatta, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlangani, odamlar istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste’mol tovarlari, shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlash, zamonaviy talablar asosida ta’lim olish hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand bo‘lish kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan aksariyat indeks va ko‘rsatkichlar bo‘yicha katta o‘zgarish va yutuqlarga erishildi. Bu haqda so‘z yuritganda, shuni aytish joizki, ayni paytda oilalarning 97 foizi o‘z uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy yengil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlanmoqda.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi. Holbuki, 2000-yilda atigi 24 foiz aholi o‘zini shu toifaga mansub deb bilar edi.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘rta sinf ulushining yuqoriligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamini va asosi, davlatning barqarorligi va mustahkamligining, odamlarning o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchining muhim omili sifatida qabul qilinadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, xolisona baholanmoqda.
2012-yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining Farovonlik va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.
Ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zgalar havas qiladigan o‘rinni mustahkam egallab turibdi.

129


Hech shubhasiz, xalqimizning tinimsiz mehnati, mardligi va matonati evaziga qo‘lga kiritgan bunday yutuqlardan va marralardan har qaysimiz g‘ururlanib, boshimizni baland ko‘tarib yashashga haqlimiz.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling