Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etilgan bo‘lib, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan
bog‘liq qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklar tadbirkorlik sub’ekti foydasiga talqin qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar o‘zining ilk natijalarini ko‘rsatayotganini ta’kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2012-yilda O‘zbekiston biznesni yuritish bo‘yicha reytingda 14 o‘rin yuqoriga ko‘tarildi.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishda yana ko‘p ishlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlash kerak. Mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti jahon tajribasida qabul qilingan biznesni yuritish mezonlariga qay darajada mos kelishini doimo kuzatib borishimiz va tegishli qarorlar qabul qilishimiz zarur. Vazirlar Mahkamasi bu ishga rahbarlik qilishi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bu masala bilan tizimli asosda shug‘ullanishi maqsadga muvofiq bo‘lur edi.*
Xulosa
Normalar individlarning o`zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati hisoblanadi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi deb individlarning iqtisodiy faoliyat ko`rsatishini ta’minlovchi normalar tizimiga aytiladi. Buyruqbozlik va bozor tizimlarida iqtisodiyot konstitutsiyasining normalari o`zaro zid holda amal qiladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar (oddiy utilitarizm, maksimal shaxslashtirish, «sen – menga, men - senga», qonunga tilda buysunish) tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini namoyon etadi. Bozor konstitutsiyasi – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o`zaro shartlangan normalari (murakkab utilitarizm, ratsional maqsadli fe’l-atvor, depersonifikatsiyalangan ishonch, empatiya, legalizm) yig`indisini tashkil etadi. Individlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri mulkchilik huquqlari hisoblanadi. Huquqiy an’analarda asosan, umumiy va fuqarolik huquqlari tahlil qilinadi. Fuqarolik huquqidagi yangi normalar mavjud qonunlar (konstitutsiya, kodekslar, oddiy qonunlar, reglamentlar va dekretlar)dan deduksiya asosida qabul qilinadi. Umumiy huquqda, aksincha, pretsedent markaziy rol o`ynaydi. Pretsedent deganda an’analar va shularning o`xshash masalalar bo`yicha avvalgi qarorlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |