Tayanch tushunchalar va iboralar
Iqtisodiyot konstitutsiyasi, buyruqbozlik va bozor konstitutsiyalari, oddiy utilitarizm, maksimal personifikatsiyalash, «sen – menga, men - senga», qonunga tilda buysunish, murakkab utilitarizm, ratsional maqsadli fe’l-atvor, depersonifikatsiyalangan ishonch, empatiya, legalizm, mulkchilik huquqlari, umumiy va fuqarolik huquqlari, deduksiya, pretsedent.
I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish: Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so`zi gazetasi 2013 yil 19 yanvar, 13-son.
Takrorlash uchun savollar
Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang.
Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud bo`lganda ham barqaror holatda turuvchi tizimni o`zida namoyon etgan bo`lsa, u holda o`tish iqtisodiyotining tub beqarorligining sabablari nimada?
Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi utilitarizmning bozor normasidan nima bilan farq qiladi?
Amerikalik mashhur siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama o`zining so`nggi kitoblaridan birida bozor iqtisodiyotidagi ko`tarilish va pasayishlarni uning sub’ektlari o`rtasidagi ishonch orqali ko`rib chiqadi. Bunday yondashuv qanchalik asosli?
Huquqiy an’analardagi asosiy huquqlarning farqlanish xususiyatlarini
izohlang.
Lizing misolida bitim ishtirokchilarining manfaatlarini himoyalash va ijaraga beriladigan mol-mulkdan samarali foydalanishga undash nuqtai nazaridan fuqarolik huquqiga nisbatan umumiy huquqning ustunligini ko`rsating.
Bir buyumning bir necha egasi bo`lishi mumkinmi? Bir necha mulkdorlarning mavjud bo`lishi buyumdan samrali foydalanishga to`sqinlik qiladigan shart-sharoitlarni ko`rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |