Sarmoyador. Tadbirkorning o`zga mulkka bo`lgan talabi sarmoyani ijtimoiy qadr-qimmat - qiymatga ega bo`lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o`zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o`zga tegishli cheklangan resurs – sarmoyadan foydalanish huquqini to`lov evaziga sotuvchi sarmoyador-mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo`ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan (sarmoyadan) olinadigan daromadni ko`paytirishdan iborat.
Mulk-talab. Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog`liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko`tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bian bog`liq mulkni yo`qotish xatarini o`z zimmasiga oladi. O`z navbatida, bu mulkdan oladigan daromadning ikkita tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: cheklangan resurs uchun to`lov va xatar uchun to`lov.
Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo`linish: ishtirokchi roli va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko`zlovchi sarmoyador va mulkni yo`qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo`lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |