O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi


Download 26.62 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi26.62 Kb.
#257917
  1   2   3
Bog'liq
2 310435730734188529


O'zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo'mitasi 

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati uchun soliq stavkalari

9 sentyabr 2014 yil
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari hamda soliq stavkalari bo’yicha ko’plab savollar kelib tushayotganligini inobatga olib, yakka tartibdagi tadbirkorlarning har bir faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq summalari yuzasidan tushuntirish beramiz.

Avval mazkur mavzuning ayrim jihatlari­ga to’xtalib o’tsak.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-sonli qarori bilan tas­diqlangan «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxati» hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Xalq badiiy hunarmandchilikla­ri va amaliy-bezak san’ati buyumlari asosiy turlarining yangilangan ro’yxati» bo’yicha belgi­langan faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi­ning 375-moddasiga asosan soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbir­korlik faoliyatining turi va soliq to’lovchi­ning faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.

Faoliyatning bir necha turi bilan shug’ul­lanuvchi soliq to’lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stav­kalar bo’yicha alohida-alohida to’laydi.

Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo’yicha to’lanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 311-mod­dasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, sug’urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lma­gan miqdorda to’laydi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’­iy belgilangan soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsat­kichlari prognozi va Davlat byudjeti para­metrlari to’g’risida»gi PQ-2099-sonli qaro­rining 10-11-ilovalarida belgilab berilgan. Xususan, 10-ilovada faoliyatning ayrim turi, ya’ni bolalar o’yin avtomatlari faoliyati uchun, 11-ilovada esa chakana savdo, maishiy, sartaroshlik xizmatlari, avtomobil trans­portida yuk tashishga oid xizmatlar hamda boshqa faoliyat turlari uchun soliq stavkala­ri belgilangan.



Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshiga, ya’ni 2014 yil 1 yanvariga belgilangan eng kam ish haqidan (96105 so’m) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi.


Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling