O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
-Bob uchun savollar va topshiriqlar
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
6-Bob uchun savollar va topshiriqlar: 1. Elektron tijoratning qanday muammolari mavjud va ular qanday hal qilinishini tavsiflab bering; 2. Elektron savdoga bo’lgan asosiy tahdidlar nimalardan iboratligini misollar nilab tushuntiring; 3. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar nimalardan iborat ekanligini aytib bering; 4. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari haqida misollar keltiring; 5. Elektron tijoratdagi firibgarloiklardan himoyalanishning konkret usullari nimalardan iborat? 6. Elektron tijoratda havfsizlikni ta’minlash uchun qanday tavsiyalar berish mumkin. 7. Fishing va Vishing deganda nimani tushinasiz? 8. Nigeriya hatlari qanday firibgarlik usuli hisoblanadi? 9. Mobil tarmoqlardagi firibgarliklar haqida nimalarni ayta olasiz? 10. Ijtimoiy tarmoqlardagi ahvfsizlik choralari nimalardan iborat? 268 7-BOB. KRIPTOVALYUTALAR BOZORINING ASOSIY HUSUSIYATLARI 7.1.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “uzoqlardan-masofadan turib” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni, elektron to’lov tizimlari, bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi. O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta. Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul o’tkazmalarining foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va mulohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish ya’ni, pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi. Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda 269 ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin hamyonlar anonimdirlar (ya’ni, hamyonning egasikim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.Tizimdagi hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu kompyuterlar foydalanuvchilarning komp’yuterlari ham bo’lishi mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab- quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa “mayning” deya nom olgan.Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklar tomonlarini keltirib,ularga izoh beramiz: • Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 milliontagacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgartirib turaveradi. • To’liq mahfiylik. Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida esa noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi. 270 • Ta’minlanmaganlik. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech gap emas. • Rasmiy ravishda ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (shu jumladan, bizning mamlakat ham)kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’ullanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’liq yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonuniylashtirishsa, bitkoin real valyutaning o’rnini egallashi ham mumkin bo’ladi. • Unchalik mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar, Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxurlashishi chegaralangani boyis bitkoin to’liq ishlatilmayapti. Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini (shartli belgilari,piktogrammalarini) quyida nazardan kechirishingiz mumkin: 271 Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: CGMiner –Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi. Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishini kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash imkoniyati ham uni boshqa dasturlardan farq qiladi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling