O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Kriptovalyutalar elektron tijoratida to’lov tizimlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayning fermalari
7.2. Kriptovalyutalar elektron tijoratida to’lov tizimlari
Xozirgi zamondagi an’anaviy to’lov instrumentlari bo’lgan mamlakatlar valyutalari bilan amalga oshiriladigan internet tarmog’i orqali mamlakatlararo to’lovlarda bir qancha o’ziga xos muammolar mavjud. Bular jumlasiga, masalan, quyidagilarni kiritishimiz mumkin: To’lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to’lash; Tomonlarning to’liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismi-sharifi va boshqalar) o’zaro oldi-sotti qilayotgan shaxslardan tashqari, albatta uchinchi tomonga (bankka) ma’lum bo’lishi; To’lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi; Ayrim holatlarda to’lovlar amalga oshirilgach, uni bekor qilish ham mumkinligi tufayli, sotuvchi ham ishonch hosil qilishi uchun ko’proq ma’lumotlar so’rashi kerak bo’ladi. Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni hal qila oladigan bir tizim sifatida ilk kriptovalyutalardan biri bo’lgan raqamli pul birligi bitkoin paydo bo’ldi. Bitkoin 2009 yil 3 yanvarda o’zini Satoshi Nakamoto deb atagan shaxs tomonidan yaratilgan va 2008 yil 31 oktyabrida «Birkoin – elektron to’lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System») deb nomlangan maqolada ommaviy e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan va o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga 275 oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, raqamli valyutalarning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri ushbu pul birliklarni emissiya qilishi ham mumkin. Bitkoinning o’ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Markazlashmagan tizim – har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega; Hisob-kitoblarning to’liq shaffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaktsiyalarni ko’rishi mumkin; Nazoratning yo’qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi; Sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini so’ramaydi; Kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million BTC (bitkoin tangasi) chiqariladi; Balans ikki yoqlama yozuv asosida bo’lmaydi, balki barcha tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko’rinadi; Kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab va taklifga qarab o’zgaradi; Yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchu n hech qanday asos mavjud emas; Bitkoin va u bilan bog’liq operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun faqatgina internet tarmog’iga ulangan va tegishli dasturiy-texnik ta’minotga ega bo’lgan ishtirokchilarning mavjud bo’lishi kifoya. Kriptovalyutalar bilan ishlash jarayoni qaysidir ma’noda oldindan mavjud torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilarning o’zaro fayllar almashinuviga ham o’xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o’rnida maxsus kriptografik kodlar xeshlangan xolda bloklarga yig’iladi. Ushbu bloklarning vaqt bo’yicha to’g’ri ketma-ketlikda tuzilishi esa blokcheyn (bloklar zanjiri) texnologiyasini yuzaga keltiradi, masalan: 276 Har bir ishtirokchining amalga oshiradigan tranzaktsiyalari ommaviy kalit va mahfiy kaliti orqali amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ommaviy kalit orqali bo’ladigan harakatlar va tranzaktsiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar tomonidan qayd etilib boriladi. Mahfiy (yopiq) kalit orqali kelib tushgan pul mablag’lari tasdiqlanadi. Bu tranzaktsiyalarni amalga oshirish va umuman boshqa har bir tranzaktsiyani ishlov bergan xolda saqlab olish uchun zamonaviy yuqori ko’rsatgichli parametrlarga ega bo’lgan (video karta ishlov berish tezligi va protsessor takt chastotasi o’ta yuqori bo’lgan) komp’yuterlar va tezkor internet aloqasi bo’lishi talab etiladi. Tizim to’liq kuchlanishda ishlashi uchun esa komp’yuterlar ko’proq energiya sarfini talab etadi. Ushbu harajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar rag’batlantirish sifatida yangi kriptovalyuta (bitkoin, efirium, laytkoin va boshqalar) yoki oddiy pullarda komission haq olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ishtirokchilar soni qanchalik ko’paygani sari kriptovalyuta tangalarini olish ham shunchalik qiyinlashib boraveradi. Xuddi shuning uchun ham kriptovalyuta tangalarini qo’lga kiritishni oltin qazib olingani singari – Mayning qilish deb nomlangan. Xozirgi davrga kelib, mayning qilish uchun katta-katta inshootlar va binolardan foydalangan xolda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik serverlardan iborat “Mayning fermalari” tashkil qilingan. Kim avvalroq shu ishga qo’l urgan bo’lsa, hozirda barcha harajatlarni qoplagan xolda, bir necha million dollarlik daromadga ega bo’lgan. Ammo bu amalni kechroq boshlaganlarda esa barcha harajatlar hali to’liq qoplanmagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling