553
qiziqarli kombinatsiya)lar yarata boshladilar. Meshaplar
Google ning tarmoqdagi
ko’rinuchanligini orttiradilar va kompaniya qidiruv natijalarini reklama bilan
joylashtirib,
buni
monetizatsiya
qiladi
(
pulga
aylantiradi).
Google
kompaniyasining biznes-modeli
reklamaga asoslangani uchun, u
Google Maps
ning istalgan ilovalariga reklama joylshtirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Huddi
shunga o’xshash, dasturchilar
еВау, Amazon, WhatsApp, Dropbox, YouTube,
Facebook,1С va boshqa ko’pgina platformalarda ham faoliyat ko’rsatadilar.
Bunday ekotizimning muvaffaqiyati platforma asosida ko’rsatiladigan hizmatlar va
servislarning qanchalik tezkor ko’payishiga bog’liq bo’ladi. Mijozlar
foydalanadigan servislar qancha ko’p sonli bo’lsa, ular platformaga bog’lanib
qoladilar va uni tark etishlari juda qiyin bo’ladi. Masalan,
Amazon 140 mingdan
ortiq dasturchlarga o’z mahsuloti va hizmatlari bazasidan foydalanish imkonini
yaratgan. Ular
esa bundan foydalangan xolda, o’zlarining yangi ilovalarini
yaratadilar.
Amazon kompanyasining
API sidan foydalangan holda boshqa
kompaniyalar o’z
foydalanuvchilariga Amazon ma’lumotlar bazasidagi
ma’lumotlardan
foydalainishga
imkon
berishlari
mumkin.
Bu
esa
foydalanuvchilarga yengillik yaratish bilan birga, uning qarorlar qabul qilish uchun
qimmatliligini ham oshiradi (
Qarang:
Дайджест новостей мира высоких
технологий. 2016. № 5. С. 6.). Microsoft kompaniyasining bildirishicha, Chilida
olinayotgan har bir dollar foydaga uning ekotizimiga kiruvchi
hamkorlar,
tizim
integratorlari va boshqa kompaniyalar $11 dan foyda olganlar.
Innovatsiyalar ekotizimi “
Ochiq innovatsiyalar” kontseptsiyasi doirasidagi
hamkorlik tarmog’idir deyishimiz mumkin. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra,
innovatsion g’oyalar nafaqat kompaniya ichida xosil bo’ladi, balki ular
tashqaridan, hamkorlar, iste’molchilar va boshqa tashkilotlardan ham kelishi
mumkin (
Чесбро Г. Открытые бизнес-модели. IP-менеджмент. М.:
Поколение, 2008). Innovatsiyalar ekotizimi sifatida quyidagilarni misol qilib
keltirishimiz mumkin:
Kompaniyalarning innovatsion hamkorlar jalb qilish uchun ataylab tashkil
qilingan tuzilmalari. Masalan,
P&G Connect and Develop, GEOpen