O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Ochiq kalitli shifrlash tizimlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- RSA, Эль-Гамал va Мак-Элис
Ochiq kalitli shifrlash tizimlari
Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Informatsiya ochiq kalit orqali shifrlansa, mahfiy kalit yoqdamida rasshifrovka qilinadi. Ochiq kalitli tizimlarni qo’llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funktsiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funktsiyalar quyidagi hususiyatlarga ega. Hech kimga sir emaski, xma’lum bo’lsa, y = f(x) funktsiyani aniqlash juda oson. Ammo y = f(x) funktsiyaning ma’lum qiymati bo’yicha x ni aniqlash amaliy jihatdan juda ham qiyin. Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo’lga ega bo’lgan bir tomonli funktsiyalar ishlatiladi. zparametrli bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lum zparametr uchun Е z va D z algoritmlarini aniqlash mumkin. 218 Е z algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x lar uchun f z (x) funktsiyani osongina topish mumkin. Xuddi shu tariqa D z algoritmi yordamida joriy qiymatlar sohasidagi barcha y lar uchun teskari funktsiya x = f 1 ( y ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joriy qiymatlar sohasidagi barcha z parametrlar va deyarli barcha y lar uchun hatto Е z ma’lum bo’lganda ham x = f 1 ( y ) ni hisoblashlar yordamida topib bo’lmaydi. Ochiq kalit sifatida y ishlatilsa, mahfiy kalit sifatida x ishlatiladi. Ochiq kalitni ishlatib, shifrlash amalga oshirilsa, o’zaro muloqotda bo’lgan sub’ektlar orasida mahfiy kalitni almashish zaruriyati yo’qoladi. Bu esa o’z navbatida uzatiluvchi informatsiyaning kriptohimoyasini soddalashtiradi. Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonlama funktsiyalar ko’rinishi bo’yicha farqlash mumkin. Bularninmg ichida RSA, Эль-Гамал va Мак-Элис tizimlarini aloxida tilga olish o’rinlidir. Xozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli algotirm sifatida RSA algoritmini ko’rsatish mumkin. Ushbu algoritmning nomi uni yaratganlarning familiyalari birinchi harflaridan olingan (Rivest, Shamir, Adleman). Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko’tarish amalidan foydalanishga asoslangan (bunda Eyler funktsiyasi hisoblanadi). El-Gamal tizimi chekli maydonlarda diskret logarifmlarning hisoblanish murakkabligiga asoslangan. Mak-Elis kriptotizimida esa xatoliklarni tuzatuvchi kodlar ishlatiladi. Xozirgi kunda shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi kerak: Shifrning kriptoanalizga turg’unligi (kriptoturg’unlik) shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina kalitlarni to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo’lsin. Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi. Shifrimatn hajmi bo’yicha dastlabki ma’lumotlardan ortiq bo’lmasligi kerak. Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib kelmasligi lozim. 219 Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi kerak. Shifrlash narxi berkitiluvchi informatsiya narxi bilanmuvofiqlashtirilishi lozim. Shifrlash usullariga bo’lgan ushbu talablar ruyhati tom ma’noda jo’natilayotgan axborotning tegishli sub’ektlarga (tashkilot, individ yoki tarmoq komp’yuterlariga) havfsiz darajada yetib borishini to’la-to’kis ta’minlab beradi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling