O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Ma’lumotlarning elektron himoyasini amalga oshirish
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
5.2. Ma’lumotlarning elektron himoyasini amalga oshirish
Umuman olganda, kriptografiyani ikki qismga bo’lish mumkin: ma’lumotlarni berkitishning umumiy usullarini rivojlantirish, shifrlash tizimlarining tahlili va ularning ishonchlilini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan nazariy qism hamdashifrlash tizimlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bilan shug’ullanadigan amaliy qismlardan iborat. Ma’lumotlarni himoya qiladigan shifrlar juda ham ishonchli bo’lishi lozim, ya’ni, ular shifrlashni buzishga bo’lgan urinishlarga nisbatan o’ta bardoshli bo’lishi kerak. Shifrning ishonchliligini asoslash uchun uni ochishga ketadigan ish hajmini chamalash zarur. Bunda agar shifr kalitini topish uchun ketadigan vaqt ma’lumotlarning foydali ravishda ishlatiladigan vaqt intervalidan ko’p bo’lsagina, bunday shifr ishonchi deb hisoblaniladi. Lekin shifrlash bo’yicha yirik olim K.Shennonga ko’ra, shifrlanayotgan informatsiya hajmiga teng bo’lgan uzunlikdagi kalitli shifrgina absolyut ishonchli shifr hisoblanadi. Boshqa barcha shifrlarni ochish mumkin, ammo bunda gap buning uchun kerakli bo’lgan texnik vositalar quvvati va deshifrlash uchun ketadigan vaqtga bog’liq bo’ladi. Jamiyatdagi ma’lumotlar hajmi kam miqdorda bo’lganida unchalik murakkab bo’lmagan shifrlarni ishlatish yetarli bo’lgan. Ma’lumotlar hajmining ko’payib borishi bilan yanada murakkabroq shifrlarni ishlatish zaruriyati paydo bo’lib, ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu sohaga mahsus o’qitilgan insonlar – shifrovkachilarjalb qilina boshlandi. 220 Keyinchalik, ma’lumotlar hajmi juda ham ko’payib, rasshifrovkani insonlar bajara olmaydigan xolat yuz bergani tufayli, bu ishni bajara oladigan mexanik va elektorn qurilmalar yaratildi. Komp’yuterlar paydo bo’lganidan so’ng esa ma’lumotlarni shifrovka va rasshifrovka qilishning yanada zamonaviy va o’ta murakkab usullari paydo bo’ldi va ular turli sohalarda keng miqyosda ishlatilina boshlandi. Kompyuterlar yordamida endi nafaqat ma’lumotlar himoyasi, balki yangi muammolar ham hosil qilina boshlandi, Masalan, elektron xujjat almashinishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan elektron imzo ham ishlatilina boshlandi. Chunki endi elektron pochta imkoniyatlari moliyaviy hujjatlarni va konfidentsial ma’lumotlari uzatishda ham ishlatila boshlandi. Elektron tijorat ham ma’lumotlarning konfidentsalligini ta’minlovchi, autentifikatsiya qiluvchu va kirishni boshqaruvchi vositalarni talab qiladi. Raqamli pullar, kriptovalyutalar, ICO lar hamda ularning tokenlari va raqamli valyuta almashtirish shahobchalari ham elektron himoyaning samarador vositalarini talab qiladi. Xuddi shunday texnik va dasturiy vositalar sifatida ham zamonaviy kriptografik himoya usullardan foydalaniladi. Kriptografiyadan foydalanish quyidagilarni ta’minlab beradi: Konfidentsiallilik – bu informatsiyaning saqlanishida va uzatilishida ma’lumotlarni ruhsat berilmagan o’qishdan himoya qilishdir. Bu shirflash orqali amalga oshiriladi; Ma’lumotlardan foydalanishning nazorati – informatsiyadan faqatgina ruxsat berilgan insonlar foydalana olishi kerak; Autentifikatsiya – ma’lumot uzatuvchi kimliginai aniq bilish imkoniyati. Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib beradi; Butunlilik – informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida ruxsatsiz o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va imitohimoya orqali bajariladi; 221 Informatsiyadan voz kecha olmaslik – bu ma’lumot uzatuvchining o’zi jo’natgan ma’lumotlardan tonmasligini ta’minlab beradi. Bu ham elektron raqamli imzo va sertifikat orqali ta’minlanadi. Endi elektron raqamli imzo hosil qilishda ishlatiladigan bir qancha ommabop algoritmlarni ko’rib chiqamiz. Muloqotdagi ikkala tomon shifrlangan ma’lumotlarni o’zaro almashina olishlari uchun ular ishlatadigan algoritm va kalit (komp’yuter texnikasi ishlatilganda kalit bu son yoki Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling