225
qilish mumkin. Ammo bunda rasshifrovka qilish uchun zarur bo’lgan
komp’yuter quvvati kalit uzunligi oshishi
bilan exponentsial ravishda
ko’payadi. Kriptografik tizimning ishonchliligi uning eng kuchsiz qismi
xususiyati bilan aniqlanadi. Shuning uchun shifrlash tizimining har bir
qismini –
algoritmni, shifrlashni qo’llash usulini va kalitlardan foydalanish
siyosatini ishlab chiqishda juda hushyor bo’lish talab etiladi.
5.3. Elektron imzo va undan foydalanish
Elektron raqamli imzoni hosil qilish,
uni tekshirish, raqamli valyutalar
bilan ishlash kabi bir qancha kriptografik operatsiyalar (
o’zgartirishlar)
hamda chegaralangan ma’lumotlar ustida bajariladi. Shuning uchu ham katta
hajmdagi (
masalan, 125 megabaytli ma’lumot)
fayllarga elektron raqamli
imzo qo’yishdan avval undan xesh-funktsiya hisoblanadi va shundan so’ng
uning qiymatiga elektron raqamli imzoni hisoblaydilar. Undan tashqari,
parollarni ham ma’lumotlar bazasida ochiq xolda emas,
balki xeshlangan
xolda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib,
Xesh – istalgan
uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan
aniqlangan uzunlikdagi
qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir. Xesh-
funktsiyani tushunish uchun eng oddiy misol nazorat yig’indilarini
hisoblashdir (
kontrol’nie summi). Xeshlashning dasturiy va kriptografik
turlari mavjud. Kriptografik xesh dasturiy xeshdan ikki xossasi bilan
farqlanadi: orqaga qaytmaslik va kolliziyalardan ozodligi.
Kalitsiz xesh
funktsiyalar ikki guruhga bo’linadilar: kuchli xesh-funktsiyalar va kuchsiz
xesh-funktsiyalar. Kuchsiz xesh funktsiya deb, quyidagi shartlarni bajaruvchi
bir tomonlama
H(x) funktsiyaga aytiladi:
1)
X argument istalgan uzunlikdagi bitlar qatori bo’lishi mumkin;
2)
H(x) funktsiyaning qiymati aniq uzunlikka ega bo’lgan bitlar qatori
bo’lishi lozim;
3)
H(x) funktsiyaning qiymatini hisoblash oson bo’lishi kerak;
226
4)
Har qanday aniq x uchun hisob-kitoblar vositasida
H(x
Do'stlaringiz bilan baham: