O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Kickstarter yoki Indiegogo kabi vositachilar hamda an’anaviy to‘lov usuli, odatda
3www.ifrasia.com/blockchain-will-make-dodd-frank-obsolete-bankers-say/ 21216014.article. лган 116 bank kartalari PayPal zarur. Vositachi bu ishlarning hakami hisoblanadi, jumladan, kimga nima tegishli ekanligini u hal qiladi. Blokcheynda aksiyadorlashtirish (bu bir variant) ushbu konsepsiyani yanada rivojlantiradi. Endi kompaniyalar «blokcheynda» moliyaviy mablag’lar to‘plashi, kompaniyaning moddiy qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli qog‘ozlar chiqarishi mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqalar bilan bog‘liq holatda bo‘lgani kabi, tokenlarning egalariga kompaniya qaysi bashorat bozorlarini ochishini hal qilish huquqini bergan holda,raqamli platformada kotirovka qiladigan bozor qatnashchilari pozitsiyalarini aks ettirishi mumkin. Ethereum oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha o‘z tokeni, ether sotish uchun tamomila yangi blokcheyn tizimi rivojlantirishni moliyalashtirib, yanada katta muvaffaqiyatga erishdi. Hozirda Ethereum – uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan ommaviy blokcheyn tizimi hisoblanadi. Augur kraudfandingida investitsiyalarning o‘rtacha summasi 750 dollarni tashkil qiladi, lekin 1 dollar yoki hatto 10 sentlik minimal obunalarni tasavvur qilish ham unchalik qiyin emas. Dunyoda istalgan kishi – hatto aholining eng qashshoq qatlamlari va eng uzoq mintaqalar aholisi ham – fond bozorinig investoriga aylanishi mumkin. Augur rahbarlar jamoasining hisoblashicha, bashorat bozorlarining yagona amaliy chegarasi - tasavvurdir. Augurga istalgan shaxs yakuniy sanasi aniq bo‘lgan ma’lum bir bashorat e’lon qilishi mumkin.Augur kelajakdagi hodisalar – sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun foydalanuvchilarni mukofotlaydigan bozorlarni bashorat qilish uchun mo’ljallangan nomarkazlashgan raqamli platforma yaratadi. U qanday faoliyat ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Agar ehtimollik 50 ga 50 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 50 sentni tashkil qiladi. Augur «omma donishmandligi»ga – hodisaning natijasini ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib 117 aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va HedgeStreet (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. Augur platformasida hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea, saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha, «bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». Augur huquq buzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi. Bashorat bozorlari yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: «IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari 118 asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi. Albatta, bashorat bozori hamma joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlar normal faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi. Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi. Potensial foyda olish taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham 119 bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling