O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Smart-shartnomalar haqida tushuncha


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.4. Smart-shartnomalar haqida tushuncha 
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma 
harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini 
tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga 
solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. 
Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, 
majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz 
bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, 
guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi 
odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan 
ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid 
solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. 
Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida 
munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga 
aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan 
yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. 
Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z 
sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. 
Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham 


120 
turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, 
chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar 
boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni 
belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi 
blokcheynda bajariladi. 
Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo 
bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir 
ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi 
texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Blokcheynga 
asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga 
keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz 
shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf Nik Sabo aytib 
o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega 
hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni 
esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin. Sabo ta’rif berishicha, «raqamli 
intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni 
boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi 
mumkin». Ushbu muhokamada biz smart-shartnoma deganda, odamlar va 
tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir 
bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellektual kompyuter 
dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani 
muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994 
yil, birinchi web-brauzer, Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan edi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling