O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


aqlli kontraktlar (smart contract)


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

aqlli kontraktlar (smart contracttushunchasi faol ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga 
o’tishdan avval kontrakt nimaligini eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan 
ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, 
o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir 
xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. 
Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y 
berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat 
- algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni 
umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. 
Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki 
ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish 
lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u 
quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 


123 
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar 
majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan: 
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen 
ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:


124 
2.5. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari 
Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib 
chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich 
holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq 
korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab 
imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy 
hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari 
ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha 
bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. 
Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan 
ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq 
amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy 
boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish 
imkonini 
beradigan 
biznes-arxitekturalar 
yaratishi 
mumkin. 
Blokcheyn 
texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes-
modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida 
kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura 
qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart-
shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini 


125 
qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq 
platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi 
va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling