O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Airbnb mehmonxonalar bilan, Lyftva Uber
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nike
- Inno Centive
Airbnb mehmonxonalar bilan, Lyftva Uber – taksi va limuzinlar ijarasi bilan,
Zipcar (to uni Avis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy avtomobillar ijarasi bilan raqobat qilgan. Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik mehmonxonalar, taksi va ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar tarqalishini globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk (kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga ulanadi. Ehtimol, blokcheyn texnologiyasi bizni birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotidan bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy egalari elektr uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duradgorlik asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy foydalanishga rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli yuzaga kelar. Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, – deb yozadi «Nyu- York Times» da Airbnb bosh direktori Brayan Cheski. – Shunday ekan, har bir kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?» Biroq blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini ijaraga berishga imkon yaratadi – yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz sayohat 129 qilayotgan payt Wi-Fi nuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga berilgan va undan mikro to‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, holos. Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda mumkin bo’lgan variantlardan yana biri – ishlab chiqaruvchi iste’molchilardir. Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosida ishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn texnologiyasi «ishlab chiqarish-iste’molchi» biznes modelini yaratishga imkon beradi. Nike krossovkalari taqsimlangan registrda axborot hosil qilishi va saqlashi, o‘z navbatida, uni Nike va oyoq kiyimini kiyib yurgan shaxs smart-shartnomaga muvofiq pulga aylantirishi mumkin. Agar foydalanuvchi krossovkadagi smart- tarkibiy qismlarni ishga tushirish yoki ularni puls o‘lchagich va qondagi glyukoza darajasini o‘lchash kalkulyatori yoki Nike uchun qimmatli bo‘lgan har qanday axborot to‘plash vositasi kabi boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtirishga rozilik beradigan bo‘lsa, Nike u sotadigan har bir juft oyoq kiyimidan aksiyalarning juda kichik bir ulushini taklif qilishi mumkin. Ayrim platformalar kompaniya mijozlari bilan birgalikda mahsulotlar yaratishga qaror qiladigan iste’mol hamjamiyatlaridan farq qiladi. Ochiq platformalar kompaniyalarga yangi biznes yaratish yoki platformaga qiymat qo‘shish uchun kengroq imkoniyatlar taklif qilishga imkon beradi. Blokcheyn standart umumiy shartnomalar va standart umumiy ma’lumotlar 130 to‘plami (ochiq interfeyslar) taqdim etishni eng yaxshi tarzda ta’minlaydi. Blokcheyn platformalar yaratishni soddalashtirishi va arzonlashtirishi mumkin. Bu hali jarayonning boshlanishi, holos. Eng yaxshisi, blokcheynning umumiy ma’lumotlar to‘plami axborot shaffofligi va mobilligini ta’minlash uchun hizmat qiladi, ya’ni, iste’molchilar va ta’minotchilar eng yaxshi shartlarni o’zlari tanlab olishlari mumkin. Shuningdek, elektron ijorat kompaniyalari an’anaviy kompaniyalarning resurslaridan foydalanish o‘rniga o‘z platformalarini yaratib, blokcheynda teng huquqlar bilan ishlashlari ham mumkin. Kelajak avtomobilini tasavvur qiling. U barcha axborotlar oqimlari bilan ishlay olishi, avtomobilning aqlli qismlari esa – tranzaksiyalarni amalga oshira olishi va bunda pul o‘tkazishi mumkin bo‘lgan blokcheyn asosida ishlashi kerak bo‘ladi. Bunday ochiq platformada minglab dasturchilar va korxonalar sizning avtomobilingiz uchun shaxsiy ilova va dasturlar yaratadilar. Tez orada bunday platformalar butun boshli tarmoqlarni - masalan, moliyaviy hizmatlar sektorini - turli moliyaviy tranzaksiyalar va qiymatlar almashinishni blokcheyn yordamida tartibga solgan holda tubdan o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Jahondagi eng yirik banklar va konsorsiumlar allaqachon bu g‘oya ustida ishlashni boshlab yuborishgan. Obrazli qilib aytganda, raqamli elektron platformalar – sizning omad kemalaringizni yuqoriga ko‘taradigan havo oqimidir. O‘ziga xos va murakkab vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni izlayotganlar ularni topish uchun o‘zlarining talablari haqida registrga xabar berishlari mumkin. Endi Inno Centive o‘rniga nafaqat foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potentsial ish yo’llovchilar haqida ularga mos keladigan va tog‘ri bo’lgan qo‘shimcha axborotlardan iborat bo‘lgan mobil rezyumeni ham shakllantiradigan blokcheynni tasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir paytda barchaniki sanalgan ko‘nikmalar taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur qiling. Endilikda blokcheyn texnologiyasi va ochiq boshlang‘ich kodlar kutubxonasi birgalikda har qanday kompaniya uchun yangi biznes qiymatlari yaratish, innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish uchun makon taqdim etishi mumkin. Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari blokcheynlar asosida bunday 131 faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga kiritilgan Ethereum blokcheyni kabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Turli tarmoqlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlashi, ularning loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling