O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar 
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar – mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik 
va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion 
loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «Vikipediya» tavsif 
bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat 
a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash 
uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari 
vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning 
samaradorlikni 
oshirishi 
va 
yaratilayotgan 
qiymati 
uchun 
kimlarnidir 
mukofotlashga qodir bo’ladi. Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, 
Garvard professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, «umumiy axborot 
makonidan foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish» taqdim 
etishlari mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (bu hamBenkler 
atamasi) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy 
sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga 
tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - Linux operatsion tizimini (hech 
kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim 
hisoblanadi), «Vikipediya» ni (Wikimedia Foundation ga tegishli) va Firefox 
web-brauzerini (Mozilla Foundationga tegishli) keltirish mumkin. Bir rangdagi 
ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab 
chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi 
jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham 
tavsiflashi mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita 
sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli 
ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan 
shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat 


126 
foydasini qo‘lga kiritadi. Masalan, o‘quvchilar Reddit munozaralar platformasi 
kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. Reddit AQSHda 
trafik hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda 
kompaniyalar tashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM 
kompaniyasi Linux tarafdoriga aylandi va Linux hamjamiyatiga yuzlab million 
dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab 
chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va 
hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi. Blokcheyn 
texnologiyasi qatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy 
nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish 
uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab 
qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, 
o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular 
yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi 
mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va 
firma chegaralarini ochadi. Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab 
chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin 
topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun 
muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda 
korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq 
bo‘lmoqda. IBM Linuxni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalar birgalikda yoki 
jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil 
qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin. 
Internetning birinchi avlodida ko‘plab intellektual mulk yaratuvchilaro’z 
ishlari uchuntegishli mukofotlar olmaganlar. Musiqachilar va dramaturglar, 
jurnalistlar va fotograflar, rassomlar, modelerlar, olimlar, me’morlar, muhandislar, 
ovoz yozish kompaniyalari, nashriyotlar, galereyalar, kinostudiyalar ko’pchilik 
hollarda 
universitetlar va yirik korporatsiyalarga bog‘langan bo‘lib, 
ularmualliflardan intellektual mulk huquqlarini o‘zining intellektual mulkida 
tobora kichik qiymat ulushi evaziga o‘z huquqlarini berishni talab qilgan. 


127 
Blokcheyn texnologiyasiintellektual mulkyaratuvchilarga uning uchun qiymat 
olishga imkon beradigan yangi platforma taklif qiladi. Haqiqiylik, holat va mulk 
sertifikatlarini o‘z ichiga oladigan san’at asarlari raqamli reestrini tasavvur qiling. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling