O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps for Work va Facebook at Work
jamlanmasi» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlarda ajralish va
hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida huddi blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi meta ma’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi. Bu texnologiyalar tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (va boshqa tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori- darmonlar berilmagan, ekologik toza qoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib o‘tirmaydi, biz esa bu go’shtdan palov pishiramiz, lekin uning «ishonchli» ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab go’sh mahsulotlari sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar. Oziq-ovqat sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda 132 jonivorning DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar ham har bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon beradi. Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha o‘zgartirib yuboradi. Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps for Work va Facebook at Work kabi mahsulotlar innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va unumdorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Ijtimoiy dasturiy ta’minot tez orada mahsulot ishlab chiqishdan tortib, kadrlar siyosati, marketing, servis va sotuvgacha bo‘lgan biznes-operatsiyalarning har bir elementi uchun hayotiy muhhim vositaga – ma’lum ma’noda yigirma birinchi asr tashkiloti uchun yangi operatsion tizimga aylanadi. Biroq hozirdagi texnik va dasturiy vositalar to‘plami aniq cheklovlarga ega, blokcheyn esa bu texnologiyalarni yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Endi blokcheynda korporativ ijtimoiy tarmoq qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligi masalasini ko’rib chiqamiz. Korporativ Facebook ni (yoki Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling