O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

jamlanmasi» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlarda ajralish va 
hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual 
buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida huddi 
blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga 
yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson 
hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi 
meta ma’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab 
chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi. Bu texnologiyalar 
tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini 
kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (va boshqa 
tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib 
ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-
darmonlar berilmagan, ekologik toza qoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va 
hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz 
foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib 
o‘tirmaydi, biz esa bu go’shtdan palov pishiramiz, lekin uning «ishonchli» 
ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga 
ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab go’sh 
mahsulotlari sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi 
epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar. Oziq-ovqat 
sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda 


132 
jonivorning DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi 
mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini 
bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar 
to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK asosida identifikatsiyalashga 
imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson bo‘lgan) texnologiyalar tufayli 
hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar ham har bir bo‘lak go‘sht sifati va 
havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya 
tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya 
hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi 
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. 
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va 
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot 
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon beradi. 
Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik bilan 
tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha o‘zgartirib 
yuboradi. Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps for Work 
va Facebook at Work kabi mahsulotlar innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va 
unumdorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Ijtimoiy dasturiy ta’minot tez orada 
mahsulot ishlab chiqishdan tortib, kadrlar siyosati, marketing, servis va sotuvgacha 
bo‘lgan biznes-operatsiyalarning har bir elementi uchun hayotiy muhhim vositaga 
– ma’lum ma’noda yigirma birinchi asr tashkiloti uchun yangi operatsion tizimga 
aylanadi. Biroq hozirdagi texnik va dasturiy vositalar to‘plami aniq cheklovlarga 
ega, blokcheyn esa bu texnologiyalarni yangi sifat darajasiga ko‘taradi.
Endi blokcheynda korporativ ijtimoiy tarmoq qanday ko‘rinishga ega 
bo‘lishi mumkinligi masalasini ko’rib chiqamiz. Korporativ Facebook ni (yoki 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling