O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2-Bob uchun savol va topshiriqlar: 
1. Blokcheyn nima va elektron tijoratda blokcheynlar qanday ishlatilishi 
mumkin? 
2. Elektron tijoratda va elektron biznesda blokcheynlarning faol ishlatilishi 
qanday amaliy natigalarga olib keladi? 
3. Zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning elektron tijoratdagi ahamiyati 
nimalarda ko’rishimiz mumkin? 


139 
4. Qanday usul va vositalar orqali blokcheylarda elektron tijoratning 
havfsizligi ta’minlandai? 
5. Elektron 
tijorat 
nuqtai-nazaridan 
moliyaviy 
texnologiyalar 
transformatsiyasi larayoni nima va u qanday qilib amalga oshiriladi? 
6. Elektron tijoratda va biznesda korxonalarning qanday asosiy biznes-
modellari bilasiz? 
7. Shering economy haqida nimalarni bilasiz?Misollar keltiring. 
8. Smart-shartnomalar nima va ular qanday ishlatiladi. 
3-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY 
ELEMENTLARI TAVSIFI 
3.1. Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati 
Maynerlar, ya’ni kripto iqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi 
(emissiya qiluvchi) sub’ektlar 2015–2018 yillarda bitkoin kursining o‘sishi 
hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018 
yillarda keskin pasayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay, 
kriptovalyutalar yordamida potensial foyda olish imkoniyati borligi tufayli, 
ko’pchilik insonlar va kompaniyalar o’zlarning kompyuter resurslarini mayning 
sohasiga jalb qilishni hali ham davom ettirmoqdalar. Harajatlar, ayniqsa, elektr 
energiyasi harajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga aylantirishiga 
qaramay, mayningda kompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda o‘sishi 
kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o’zlari uchun 
farovon hayot timsoli deb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli 
darajada ko’p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki 
«xesh reytlar urushi» bosqichida turibdi. Maynerlar bitkoin matematik masalalarini 
yechishda g‘olib chiqish uchun tobora yuqori natija beradigan super 
kompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar. Nazariy jihatdan, qandaydir 
sohadagi blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha 
tasdiqlangan tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratadigan xesh-
aloqalar asosida shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo 


140 
bo‘ladi: tashlangan – tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki 
vujudga keladi. Boshqa maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin 
ba’zidauning qonuniyligi va unga o‘z bloklarini qo‘shib olish imkoniyatiga 
ishonchlari komil bo‘lmaydi. Biroq umumiy rozilikka asosan tashkil qilingan 
bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq 
vaqt davom etmaydi. Axir maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i 
qonuniy hisoblanadi degan taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar. 
Maynerlarning aksariyati, muayyan blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, 
uning qonuniyligini tasdiqlaydilar. Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan 
tan olinmaydigan zanjirning kichik tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik 
maqsadlarida) davom ettishga harakat qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan 
hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar. Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, 
unga ega bo‘lgan maynerlarning ko‘pchiligi ko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar 
va vaqt o‘tishi bilan uzunroq blokcheyn zanjirini quradilar. Bu holatni o‘z 
bloklarini bloklar raqamlari pastroq bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga 
ulaydigan kompyuterlar darhol sezib qoladilar. Bu «adashgan» maynerlar keyinroq 
zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni 
maynerlarning ko‘chiligi shunday hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. 
Agarda alohida olingan bir mayner o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 
50%dan ortig‘ini mujassam etadigan bo‘lsa, muammo yuzaga kelishi mumkin. 
Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar bilan ishlaydigan dasturchilar guruhi hozirgi 
paytda «egoistik mayning» va «51% hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha 
choralarini qidirish bilan mashg‘ullar. To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan 
paytdan beri bunday turdagi hech qanday muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi 
Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir serg‘ayrat firibgar barcha 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling