O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Kriptovalyutalar – raqamli iqtisodiyotning aktivi sifatida


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.2. Kriptovalyutalar – raqamli iqtisodiyotning aktivi sifatida 
Yangi raqamli iqtisodiyotda bir qancha turdagi moliyaviy aktivlar bo’lib, 
ular jumlasiga kriptovalyutalar ham kiradi. Hozirgi paytda turli xil kompaniyalar 
tomonidan ishlab chiqilgan mingdan ortiq kriptovalyutalar mavjud va ularning har 
bir kriptoiqtisodiyot sohasida bir qancha muhim funktsiyalarni bajaradilar. 
Shulardan biri – ICO (Initial coin offering) bo’lib, uning yordamida biror bir 
loyiha uchun jamoaviy mablag’ yig’ish jarayonini uyushturish mumkin. Bunday 
usulda jamoaviy moliyaviy mablag’lar to’plash mexanizmining nomi kraudfunding 
usuli vositasida innovatsion moliyaviy mablag’lar topish deb ataladi. Bunday usul 
yordamida mablag’ to’plash uchun original usul taklif etiladi: kriptovalyutada 
kafolat shartnomalari, ya’ni, blokcheynga asoslangan ommaviy kraudfanding 
modeli versiyasi tashkil qilinadi – unda tashkilotchilar qatnashchilarning pul 
o’tkazmalari kattaligi belgilangan kattalikda bo’lishi aniqlangach, ular investitsion 


145 
hamyonga oldindankelishibolinganmiqdordagipul o’tkazmalari o’tkazishadi. Pul 
mablag’lari o’tkazuvchilarni «ovlash» va to‘plangan mablarni himoya qilish uchun 
shartli depozit schetlar yaratish o‘rniga blokcheyn va u bilan bog‘liq dasturiy 
ta’minot bu ishni avtomatik ravishda barchaga ko’rinib turgan tarzda bajaradi. 
Maxsus ajratilgan va buzib kirishdan himoya qilingan, faqat dasturiy nazorat ostida 
bo‘ladigan elektron hamyonda zarur miqdordagi mablag‘lar to‘plangach, u 
tashkilotning zaxira qilingan mablag‘lari saqlanadigan boshqa hamyon bilan 
birlashtiradi. Agar maqsadli investitsion summani to‘plashning uddasidan 
chiqilmasa, pul mablag’lari avtomatik ravishda ortga, pul hadya qilganlarning 
elektron hamyonlariga qaytarib yuboriladi. Shunday qilib, mablag‘lar to‘plash, uni 
himoyalash, saqlash va qaytarish muammosi hal qilinadi. Endi raqamli 
texnologiyalar yordamida mulk masalalarini boshqarish tizimini yaratish 
muammosiga to’xtalamiz. Intellektual (smart) shartnomalar faqat moliya 
sohasidagina ishlash bilan chegaralanmaydi. Agar ularni intellektual mulk bilan 
birlashtiradigan bo‘lsak – bunda mulk huquqi hujjatlari va egalik qilishni 
tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar kompyuter dasturlari foydalanishi uchun raqamli 
shaklga o‘tkaziladi – bu moddiy (masalan, uy yoki avtomobil) yoki nomoddiy 
(masalan, patentlar) aktivlarga mulkchilik huquqini avtomatik ravishda 
o‘tkazishni ta’minlaydi. Xuddi shu tarzda kompyuter dasturi mos keluvchi 
shartnoma shartlariga rioya qilinishi tasdiqlangan hollardagina aktivlar 
almashinishga ruxsat berishi mumkin. Hozir kompaniyalar deyarli har bir elektron 
qurilma yoki tovar birligiga shtrix kodlar, QR-kodlar, mikrochiplar, bluetooth-
uzatgichlarni faollik bilan joriy qilmoqdalar, buning natijasida istalgan moddiy 
boyliklarga mulchilik huquqini aynan shu tarzda berish mumkin bo‘lgan 
«buyumlar interneti» yaratiladi. Blockchain asosidagi yechimlarning keng 
tarqalishi texnik, huquqiy, moliyaviy va madaniy xarakterdagi katta to‘siqlarga 
duch kelmoqda. Hozirgi paytda yuzlab bunday yechimlar mavjud, lekin ularning 
ko‘pchiligi oxirigacha ishlab chiqilmagan va qachonlardir amalga oshirilish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli ancha past hisoblanadi. Biroq ularga katta 
energiya va innovatsion intellektual salohiyati sarflangan bo‘lib, bu bir qator jiddiy 


146 
loyihalar va startaplar yaratishda namoyon bo‘ldi. Bunday loyihalarning birinchisi 
2012 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilgan Colored Coins tizimi bo‘ldi. 
Undan maqsad odamlarga moliyaviy aktivlar va an’anaviy valyutani bevosita 
bitkoin blokcheyni orqali almashinish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘lgan 
(bu tizim orqali ikki kishi, masalan, yevroni oltinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirish 
haqida shartnoma tuzishi mumkin). Shundan boshlab mazkur maydonda ko‘plab 
aynan shunday xarakterli loyihalar paydo bo‘ldi, jumladan, Next, Ripple, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling