O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Airbnb mehmonxonalar bilan, Lyftva Uber


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Airbnb mehmonxonalar bilan, Lyftva Uber – taksi va limuzinlar ijarasi bilan
Zipcar (to uni Avis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy avtomobillar ijarasi bilan 
raqobat qilgan. Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik mehmonxonalar, taksi va 
ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar tarqalishini 
globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk 
(kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan 
shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin 
ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga ulanadi. 
Ehtimol, blokcheyn texnologiyasi bizni birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotidan 
bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni o‘lchash mumkin 
bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy egalari elektr 
uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duradgorlik 
asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy foydalanishga 
rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli 
yuzaga kelar. Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida 
shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar 
tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har 
biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, – deb yozadi «Nyu-
York Times» da Airbnb bosh direktori Brayan Cheski. – Shunday ekan, har bir 
kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?» Biroq blokcheyn 
texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan ortiqcha 
resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash quvvatlarini 
yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli to‘lab qo‘yilgan 
ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini ijaraga berishga 
imkon yaratadi – yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun hattoki 
barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning oldiga 
borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz sayohat 


129 
qilayotgan payt Wi-Fi nuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir soniya 
uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning 
tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning 
obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga 
berilgan va undan mikro to‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga 
aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va 
ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, 
xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan 
faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni 
hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat 
bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, 
holos. Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va 
qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi 
foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda 
mumkin bo’lgan variantlardan yana biri – ishlab chiqaruvchi iste’molchilardir. 
Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosida ishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi 
avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn 
texnologiyasi «ishlab chiqarish-iste’molchi» biznes modelini yaratishga imkon 
beradi. Nike krossovkalari taqsimlangan registrda axborot hosil qilishi va saqlashi, 
o‘z navbatida, uni Nike va oyoq kiyimini kiyib yurgan shaxs smart-shartnomaga 
muvofiq pulga aylantirishi mumkin. Agar foydalanuvchi krossovkadagi smart-
tarkibiy qismlarni ishga tushirish yoki ularni puls o‘lchagich va qondagi glyukoza 
darajasini o‘lchash kalkulyatori yoki Nike uchun qimmatli bo‘lgan har qanday 
axborot to‘plash vositasi kabi boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtirishga rozilik 
beradigan bo‘lsa, Nike u sotadigan har bir juft oyoq kiyimidan aksiyalarning juda 
kichik bir ulushini taklif qilishi mumkin. Ayrim platformalar kompaniya mijozlari 
bilan birgalikda mahsulotlar yaratishga qaror qiladigan iste’mol hamjamiyatlaridan 
farq qiladi. Ochiq platformalar kompaniyalarga yangi biznes yaratish yoki 
platformaga qiymat qo‘shish uchun kengroq imkoniyatlar taklif qilishga imkon 
beradi. Blokcheyn standart umumiy shartnomalar va standart umumiy ma’lumotlar 


130 
to‘plami (ochiq interfeyslar) taqdim etishni eng yaxshi tarzda ta’minlaydi. 
Blokcheyn platformalar yaratishni soddalashtirishi va arzonlashtirishi mumkin. Bu 
hali jarayonning boshlanishi, holos. Eng yaxshisi, blokcheynning umumiy 
ma’lumotlar to‘plami axborot shaffofligi va mobilligini ta’minlash uchun hizmat 
qiladi, ya’ni, iste’molchilar va ta’minotchilar eng yaxshi shartlarni o’zlari tanlab 
olishlari mumkin. Shuningdek, elektron ijorat kompaniyalari an’anaviy 
kompaniyalarning resurslaridan foydalanish o‘rniga o‘z platformalarini yaratib, 
blokcheynda teng huquqlar bilan ishlashlari ham mumkin. Kelajak avtomobilini 
tasavvur qiling. U barcha axborotlar oqimlari bilan ishlay olishi, avtomobilning 
aqlli qismlari esa – tranzaksiyalarni amalga oshira olishi va bunda pul o‘tkazishi 
mumkin bo‘lgan blokcheyn asosida ishlashi kerak bo‘ladi. Bunday ochiq 
platformada minglab dasturchilar va korxonalar sizning avtomobilingiz uchun 
shaxsiy ilova va dasturlar yaratadilar. Tez orada bunday platformalar butun boshli 
tarmoqlarni - masalan, moliyaviy hizmatlar sektorini - turli moliyaviy 
tranzaksiyalar va qiymatlar almashinishni blokcheyn yordamida tartibga solgan 
holda tubdan o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Jahondagi eng yirik banklar va 
konsorsiumlar allaqachon bu g‘oya ustida ishlashni boshlab yuborishgan. Obrazli 
qilib aytganda, raqamli elektron platformalar – sizning omad kemalaringizni 
yuqoriga ko‘taradigan havo oqimidir. O‘ziga xos va murakkab vazifalarni hal 
qilishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni izlayotganlar ularni topish uchun 
o‘zlarining talablari haqida registrga xabar berishlari mumkin. Endi Inno Centive 
o‘rniga nafaqat foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potentsial ish 
yo’llovchilar haqida ularga mos keladigan va tog‘ri bo’lgan qo‘shimcha 
axborotlardan iborat bo‘lgan mobil rezyumeni ham shakllantiradigan blokcheynni 
tasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir paytda 
barchaniki sanalgan ko‘nikmalar taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur qiling. 
Endilikda blokcheyn texnologiyasi va ochiq boshlang‘ich kodlar kutubxonasi 
birgalikda har qanday kompaniya uchun yangi biznes qiymatlari yaratish, 
innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish uchun makon taqdim etishi 
mumkin. Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari blokcheynlar asosida bunday 


131 
faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga 
kiritilgan Ethereum blokcheyni kabi yangi va kuchli platformalar hamda 
dasturlash tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Turli tarmoqlar ishlab 
chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlashi, ularning 
loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning 
rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab 
chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu 
yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan 
iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling