O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar – mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «Vikipediya» tavsif bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning samaradorlikni oshirishi va yaratilayotgan qiymati uchun kimlarnidir mukofotlashga qodir bo’ladi. Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, Garvard professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, «umumiy axborot makonidan foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish» taqdim etishlari mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (bu hamBenkler atamasi) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - Linux operatsion tizimini (hech kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim hisoblanadi), «Vikipediya» ni (Wikimedia Foundation ga tegishli) va Firefox web-brauzerini (Mozilla Foundationga tegishli) keltirish mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham tavsiflashi mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat 126 foydasini qo‘lga kiritadi. Masalan, o‘quvchilar Reddit munozaralar platformasi kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. Reddit – AQSHda trafik hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda kompaniyalar tashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM kompaniyasi Linux tarafdoriga aylandi va Linux hamjamiyatiga yuzlab million dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi. Blokcheyn texnologiyasi qatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va firma chegaralarini ochadi. Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lmoqda. IBM Linuxni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalar birgalikda yoki jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin. Internetning birinchi avlodida ko‘plab intellektual mulk yaratuvchilaro’z ishlari uchuntegishli mukofotlar olmaganlar. Musiqachilar va dramaturglar, jurnalistlar va fotograflar, rassomlar, modelerlar, olimlar, me’morlar, muhandislar, ovoz yozish kompaniyalari, nashriyotlar, galereyalar, kinostudiyalar ko’pchilik hollarda universitetlar va yirik korporatsiyalarga bog‘langan bo‘lib, ularmualliflardan intellektual mulk huquqlarini o‘zining intellektual mulkida tobora kichik qiymat ulushi evaziga o‘z huquqlarini berishni talab qilgan. 127 Blokcheyn texnologiyasiintellektual mulkyaratuvchilarga uning uchun qiymat olishga imkon beradigan yangi platforma taklif qiladi. Haqiqiylik, holat va mulk sertifikatlarini o‘z ichiga oladigan san’at asarlari raqamli reestrini tasavvur qiling. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling