O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Smart-shartnomalar haqida tushuncha
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
2.4. Smart-shartnomalar haqida tushuncha
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham 120 turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi blokcheynda bajariladi. Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Blokcheynga asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf Nik Sabo aytib o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin. Sabo ta’rif berishicha, «raqamli intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi mumkin». Ushbu muhokamada biz smart-shartnoma deganda, odamlar va tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellektual kompyuter dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994 yil, birinchi web-brauzer, Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan edi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling