O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
aqlli kontraktlar (smart contract)
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqlli kontrakt
- 2.5. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari
aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi faol ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga
o’tishdan avval kontrakt nimaligini eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 123 Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan: Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin: 124 2.5. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish imkonini beradigan biznes-arxitekturalar yaratishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes- modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart- shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini 125 qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib chiqamiz. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling