O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Ascribe yangi startapi rassomlarga mustaqil ravishda raqamli asarlarni tarmoqqa
yuklash, yakuniy versiyani qayd etish va ularni shu tariqa uzatishga imkon beradiki, ular bitkoin kabi bir to‘plamdan boshqasiga o‘tib turadi. Bu shubhasiz, mualliflik huquqlari uchun ulkan o‘sishdir. Yangi texnologiya intellektual mulkuchun tegishli bo‘lgan muammoni raqamli huquqlarni boshqarishning mavjud tizimlaridan foydalangan holda yaxshiroq hal qilishga imkon beradi va natijada rassomintellektual mulkini qaerda va qachon e’lon qilishni o‘zi hal qilishi mumkin bo‘ladi. Blokcheyn asosidagi ishonch protokoli shirkatlar – umumiy maqsadlarni ko‘zlaydigan qatnashchilar jamoasi tomonidan tashkil qilinadigan va nazorat qilinadigan mustaqil uyushmalar tashkil bo’lishiga turtki beradi. «Uberni birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti kompaniyasi deb atash – bema’nilikdir, - deydi Garvard professori Benkler. – Uber iste’molchilar uchun tashuvlar qiymatini pasaytiradigan biznes yaratish uchun mobil texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda». Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – odamlar va boshqa turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab, ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. Garchi ayrim internet-kompaniyalar to‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib olgan, xolos». Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining aksariyati aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini (avtomobil, asbob-uskunalar, bo‘sh xonalar, ta’mirlash uskunalari) markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni 128 qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli axborot to‘playdi. Uber turidagi kompaniyalar hizmatlarni keng ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun o’ziga hos yechim topgan. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling