O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global Registr
boshqa istalgan ijtimoiy tarmoqni) tasavvur qiling. Aytish mumkinki, mobil profil
– sizning hisob qaydingiz yoki ejektron shaxsdir. Facebook hisob qaydidan farqli ravishda, hamyon bir qator funksiyalarga ega bo‘lib, turli xildagi shaxsiy va professional axborotlarni, shuningdek, boyliklar, shu jumladan, pulni saqlaydi. 133 Bundan tashqari, unga faqat siz ulanish imkoniga ega bo‘lasiz va o‘zingiz istagan axborotni ochib berishingiz mumkin bo‘ladi. Albatta, bu yerda reklama – uchinchi tomonlar yoki sizning HR-bo‘limining ijtimoiy paket tarkibidagi ochiq to‘plam yoki o‘zgartirilish haqida e’lonlar bo‘ladi, lekin siz ularni ko‘rib chiqqaningiz tufayli, daromad yoki boshqa bir mukofot olasiz. Bu ko’pchilik tomonidan «e’tibor bozori» deb ataladi. Siz reklamani tomosha qilish yoki u bilan aloqa qilish uchun, yangi reklama kampaniyasida ishtirok etish uchun, robot emaslgingizni tasdiqlash yoki skaner qilingan hujjatlarni kiritish uchun mikro kompensatsiya olasiz. Yangiliklar oqimi, nashrlar tizimi va e’tibor bozori o‘xshashib ketadi, lekin ularda to‘lovlar turlicha usulda amalga oshiriladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, raqamli davrda g‘alaba oxir-oqibat qiymat (boylik) ortida qoladi. Taqsimlangan foydaning afzalliklari foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun bir talay. Ijtimoiy media kompaniyalari resurslarning juda katta ekanligiga qaramay, ularda ochiq muhitda ishlab chiqish mumkin bo‘lgan funksionallik xilma-xilligining cheki yo‘q. Yopiq formatli operatsion tizimlar bilan Linux muvaffaqiyatlari va kuchini taqqoslang. Blokcheyn texnologiyalari havfsizlikni ham ta’minlaydi. Sizning hayotingiz siz istagan darajada maxfiy bo‘ladi. Hech qanday ijtimoiy tarmoq sizning axborotingizni sizning ruxsatingizsiz kimgadir sota olmaydi yoki uning chiqib ketishiga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Agar siz totalitar davlatda dissident bo‘lsangiz, sizning tarmoqda yozayotgan yoki o‘qiyotgan narsalaringizni hech kim kuzata olmaydi. Siz o‘z axborotingizga ega ekanligingiz sababli, e’tiboringiz va harakatlaringiz bilan birga uni monetizatsiya qilishingiz ham mumkin bo’ladi. Kompaniyalar ham o‘z xodimlarinng bunday platformalardan biznes uchun foydalanishini rag‘batlantirishi lozim. Qimmatli kadrlarni jalb qilish uchun kompaniya xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari va havfsizlikka hurmatini va korporativ odob-axloqni namoyish etishi lozim. Yana ham muhimi, tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lish va tashqaridan mutaxassislar jalb qilish bilan birga, har bir firma hamkorlar ularga ishonadigan bir nechta korxonalar birgalikda ishlashi uchun platformalar taklif qilishi ham mumkin. Bularni qanday tarzda amalga oshishini esa albatta barcha narsaga qodir bo’lgan vaqt ko‘rsatadi. Umuman, 134 tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lgan ochiq kompaniyalar innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda aksiyadorlar, mijozlar va butun jamiyat uchun sifatli boylik yaratish imkoniyatlaridan foydalanish uchun katta va radikal salohiyatga ega bo‘ladi. Texnologiya bozordagi harajatlarni pasaytirishda davom etadi, bas shunday ekan, korporatsiya doirasida kamida faqat dasturiy ta’minot va kapital qolishini tasavvur qilish mumkin. Birinchidan, «qidirish» harajatlari pasayishda davom etadi, yangi agentlar mavjud yoki qachonlardir mavjud bo‘lgan barcha tijorat axborotlarini Global Registr bo‘yicha uch o‘lchamli qidirishni amalga oshirishi mumkin. Shu sababli, korporativ arxivlar, axborot bo‘yicha mutaxassislar, personal tanlash bo‘yicha mutaxassislar va biznes uchun zarur axborot xarid qilish bilan shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarga zarurat qolmaydi. Ikkinchidan, smart-shartnomalar shartnoma tuzish harajatlarini, shartnomalar bajarilishini va to‘lovlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni sezilarli darajada pasaytiradi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlarga ehtiyoj sezmaydigan bu dasturlar shablonlar tizimi orqali shartlarni ifodalaydi, tashqi manbalardan to‘plangan keng axborotlar va qoidalar to‘plami asosida axborotni muhokama qiladi, qabul qiladi yoki inkor etadi, ish natijalarini bajarishga va tranzaksiyalar amalga oshirishga talablarni belgilaydi. Uchinchidan, tashkilot doirasidan tashqarida bu resurslarning barchasini muvofiqlashtirish harajatlari sof nominal bo‘ladi – korxona dasturiy ta’minoti bajariladigan serverlarda ishlashiga elektr energiyasi uchun to‘lovlar kerak bo’ladi, xolos. Korxona yollagan odamlar, tashkilotlar va zavodlarni boshqarish uchun byurokratiya tizimi talab etilmaydi. Yangi platforma yordamida mijozlar uchun qiymat va mulkdorlar uchun boylik yaratishga an’anaviy menejment yoki ierarxiya umuman yoki deyarli talab qilinmaydigan yangi tashkilotlarni tasavvur qilish unchalik qiyin emas. Va nihoyat, ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish harajatlarni nolga yaqinlashtiradi. Ishonch tashkilotga emas, blokcheyn ishini ta’minlaydigan ko‘plab odamlarning birgalikdagi ommaviy ishlariga, dasturiy kodni tekshirish va havfsizlik hamda funksionallikka bog‘liq bo‘lib qoladi. 135 Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday kompaniya keng funksionalga – oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega bo‘lishi lozim. Individual shaxslar, potensial aksiyadorlar yoki foydalanuvchilarning jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni belgilagan holda bunday korxonalar ochishlari mumkin: 1. qiymatga yo‘naltiriganlik: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish. 2. bajarishi lozim bo‘lgan vazifa: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz? 3. konstitutsiya: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat yaratadigan qoidalarni tavsiflash lozim. 4. ish usullari: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday tutishi, u qanday moliyalashtirilishi (kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling