O’zbekiston respublikasi fan, taʼlim va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.64 Mb.
bet1/10
Sana21.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1375228
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ro‘zmetov kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN, TAʼLIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




Bank ishi fakulteti Bank ishi kafedrasi
Bank ishi va audit yo’nalishi


Pul va Banklar fanidan tayyorlagan
K U R S I SH I

MAVZU:O’zbekiston Respublikasining banklarining kapitallashtirish darajasini oshirish siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari


Tayyorladi: Ro’zmetov G’ofurjon
Ilmiy rahbar: i.f.n., dots.: R.T. Shomurodov


Toshkent – 2023 yil
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining banklarining kapitallashtirish darajasini oshirish siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Tijorat banklari kapitali va uning shaklanish manbalari
2. Tijorat banklari kapitali yetarliligiga qoyilgan talablar
3. O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklarning kapitallashiv darajasiga tasir etuvchi omillar.
4. O’zbekiston Respublikasi Tijorat bankini kapitallashuv darajasini oshirish yo'llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son1, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son2 hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son3li qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizomiga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarida bank ishini chuqur o‘rgatishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan va bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun, mazkur o’quv qo’llanma 60410500 - “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Bank ishi” fanidan kurs ishini yozish, ularning bitiruv malakaviy ishini samarali tayyorlashga zamin yaratadi. O’tgan yillarda mamlakatimizda bank tizimining me’yoriy-huquqiy va uslubiy asoslari shakllantirildi va mustahkamlandi. Innovatsion bank xizmatlari va moliyaviy texnologiyalar qo’llanila boshlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli qarorida4 umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o;rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilsh operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo’yicha dolzarb vazifalar qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siy Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qozonish mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, bank kapitalining mavjudligi bankni tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun eng asosiy zaruratlardan biridir. Aytish joizki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan jahon moliyaviy inqirozi natijasida yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik va to‘lov qobiliyati zaifl ashib borayotgan bir paytda, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashda bank kapitali va uning yetarlilik darajasi birlamchi zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va uning muvofi qligini ta’minlashga erishish muhim o‘rin tutadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling