O’zbekiston respublikasi fan, taʼlim va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Tijorat banklari kapitali yetarliligiga qoyilgan talablar
Download 0.64 Mb.
|
Ro‘zmetov kurs ishi
2. Tijorat banklari kapitali yetarliligiga qoyilgan talablar.
O'zbekiston Respublikasi 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli8 va “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli Qarorlariga9 asosan, moliya bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, xususan umum qabul qilingan xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlashning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.Jumladan, yuqoridagi Qarorlar talablariga asosan, bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalariga (Bazel III standartlari) muvofiq, tijorat banklarining kapitali monandligiga nisbatan qo'yilgan talablarni oshirish belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Markaziy bank tomonidan Jahon banki va Halqaro valyuta jamg'armasining halqaro ekspertlari bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me'yoriy xujjatlarni xalqaro standartlar, shu jumladan bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari ekspertlari tomonidan respublika bank nazoratini takomillashtirish va xalqaro Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalarini joriy qilish bo'yicha berilgan tavsiyalariga asosan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risida”gi Nizom10 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan davlat ro'yxatiga olingan. Markaziy bankning ushbu Nizomi Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalariga bosqichma-bosqich o'tishni nazarda tutadi.Xususan, bankning I darajali kapitali I darajali asosiy kapital va I darajali qo'shimcha kapitalni o'z ichiga oladi. I darajali asosiy kapitali regulyativ kapitalning 60 foizidan kam bo'lmasligi belgilandi hamda I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizini yoki undan ko'pini tashkil etishi kerakligi belgilangan bo'lib, mazkur talab 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab kuchga kiritilishi belgilab berilgan. Shu bilan birga bank I darajali asosiy kapitali tarkibida to'liq to'langan va muomalaga kiritilgan oddiy aktsiyalar, taqsimlanmagan foyda va devalvatsiya zaxirasi kiritilganligi inobatga olinsa, bank kapitali tarkibida barqaror bo'lgan kapitalga bo'lgan talabni yanada kuchaytiradi. Shuningdek, barqaror kapital bazasini shakllantirish maqsadida, regulyativ kapitaldan qilingan chegirmalar I darajali kapitaldan chegiriladi. Bank kapitalini oshirish maqsadida hamda Bazel 3 tavsiyalariga muvofiq, har bir bankda moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelganda, ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun jami aktivlarning 3,0 foizidan kam bo'lmagan miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda bankning regulyativ kapitalini, I darajali kapitalini va I darajali asosiy kapitalini yilma-yil oshirib borishi ko'zda tutilgan. Jumladan, 2016 yil 1 yanvardan boshlab regulyativ kapitalning monandlik koeffitsienti (K1)ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 foiz) miqdorida belgilangan bo'lib, banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda ushbu ko'satkich 2017 yilning yanvaridan 0,125 (12,5 foiz), 2018 yilning 1 yanvaridan 0,135 (13,5 foiz), va 2019 yil 1 yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 foiz) miqdorida ta'minlashlari lozim. Ushbu nizomda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyotida bo'layotgan keskin o'zgarishlar ularga respublikamiz banklari tomonidan joylashtirilgan mablag'lar bo'yicha tavakkalchilik darajasini oshishiga olib kelmoqda. Shu bois mazkur nizomda ushbu mamlakatlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tahlillar asosida tavakkalchilik darajasi past bo'lgan mamlakatlar belgilab olinishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, bank kapitalini monandligiga qo'yilgan talablarni oshirilishi bilan: -tijorat banklari o'z kapitalini, xususan ustav kapitalini oshirishga harakat qilishadi; -tijorat banklari olgan yillik foydasini bank kapitallashuvini oshirishga yo'naltiradi va buning natijasida tijorat banklarida kreditlar berish uchun barqaror resurslar shakllanadi. Bank uchun ko'proq kapital talab etadigan yuqori riskka tortilgan aktivlar salmog'ini (muddati o'tgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan mol-mulklar) kamaytirish choralari yanada kuchaytiriladi va ushbu qaytgan mablag'larni yangi kreditlarga yo'naltirish imkoniyati tug'iladi va pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta'minlaydi. Ushbu Nizom kuchga kirishi munosabati bilan Markaziy bankning “Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizomi (ro'yxat raqami 949, 25.07.2000 y.) va unga o'zgartirish va qo'shimchalarni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”gi Qarori o'rnatilgan tartibda Adliya vazirligidan 2015 yil 6 iyulda 949-8-sonli bilan ro'yxatdan o'tkazilgan. Iqtisodiyotda kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, eng avvalo, unga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash muhimdir. Chunki har qanday mahsulot va xizmatlar bahosi ma`lum bir omillar ta`sirida shakllanadi. Tadqiqot ishida kredit bahosiga ta`sir qiluvchi omillarni ikki guruhga bo`lib o`rgandik. Bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, unga ta`sir qiluvchi omillarni bilish kerak bo`ladi. Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi ko`rsatkichlarni hisobga olish zarur. Moliyaviy – iqtisodiy inqirozning milliy iqtisodiyotga ta`sirining oldini olishga qaratilgan islohotlar tijorat banklarining xo`jalik subyektlarini uzoq muddatli kreditlash bo`yicha resurs bazasini oshirish va aholi qo`lidagi bo`sh pul mablag`larini bank depozitlariga jalb etishni kengaytirish chora – tadbirlari banklarning foiz siyosatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Jumladan, tijorat banklariningkredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini rag`batlantirishga qaratilgan foiz siyosatining olib borish natijasida uzoq muddatli kreditlar bo`yicha o`rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi 2.Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishga qator omillar o’z ta`sirini ko‟rsatadi. Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag’lar bahosi, kredit amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo‟yicha ustama va bankning marjasi ta‟sir ko‟satadi. Shuningdek, kredit bahosi kredit xizmatlarini ko`rsatishda bank va mijoz o‟rtasida tuzildan kredit shartnomasiga muofiq bank tamonidan belgilangan qo‟shimcha to`lovlarni ham o`z ichiga oladi. Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishiga bankning jalb qilingan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlarning ish haqi xarajatlari, kreditni hujjatlashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi, kreditlar bo`yicha tashkil qilinishi mumkin bo`lgan maxsus zaxiralar bilan bog‟liq boshqa xarajatlar sezilarli ta`sir etadi. Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi kao`rsatkichlarni hisobga olish zarur. Bu esa bank kreditlarining o`z vaqtida qaytishiga imkon berib, bankning moliyaviy natijalari samaradorligini oshiradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling