O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza
Tabiiy ofatlar, avariyalar ( AESda, temir yo‘l transportida, o‘tkir ta’sir
Download 287.7 Kb.
|
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org
Tabiiy ofatlar, avariyalar ( AESda, temir yo‘l transportida, o‘tkir ta’sir
etuvchi zaharli moddalar qo‘llanadigan tashkilotlarda paydo bo‘ladigan zaharlanish o‘choqlarining xarakteristikasi). Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizatsiyasining taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan zaif bo‘lib bormoqda. Halokatlar soni esa yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda biz dunyoning ko‘p hududlarida turli ko‘rinishdagi avariyalar, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi ofatlarning sodir bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va ma’naviy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi oqibatida zararlanish favqulodda vaziyatlarning quyidagi ko‘rinishlarini, ya’ni buzilish, yong‘in chiqishi, suv toshqini, turar joy inshootlarining ko‘chki, er o‘pirilishi, qor ko‘chkisi, sel quyqumlari ostida qolib ketishi va h.k. bilan xarakterlanadi.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning eng dahshatlisi zilzila hisoblanadi. Oxirgi 50 yil ichida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko‘ra CHili, San-Fransisko, Tokio, Ashgabot va Armaniston, Toshkentdagi, Eron va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashgabot (100 ming odam halok bo‘lgan, zilzilaning kuchi 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo‘lgan) oldi. U 1988 yilning 7 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o‘zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo‘ldi. 200 mingli Leninakan shahrining zamonaviy binolarining yarmidan ko‘pi quladi yoki tiklab bo‘lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli aholisi bo‘lgan sanoat markazi bo‘lmish Kirovakan shahri va shahar atrofida joylashgan katta qishloqlari kuchli talofat topdi. YAponiyada 1995 yil 17 yanvarda kuchli er qimirlashi ro‘y bergan. Uning epitsentri yirik Koba portining markazida joylashgan bo‘lib, juda katta ko‘lamdagi muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo‘lishiga, uy-joylarni buzilishiga olib keldi. Bu ofat natijasida uylarning buzilgan bo‘laklari ostida 5 ming odam nobud bo‘lgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.1995 yil 27 mayda Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida (8 ball kuchlanishga ega bo‘lgan o‘ta kuchli er silkinishi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra uning oqibatida shahardagi 95 foiz oshiq inshootlar vayron bo‘lgan va 1841 nafar fuqaro nobud bo‘lgan. Toshqinlar oqibatida paydo bo‘ladigan zararlanish o‘chog‘i quyidagilar bilan xarakterlanadi: -vayronagarchiliklar, yo‘llar va turli tarmoqlarning buzilishi; -qishloq xo‘jalik o‘simliklarining, ekinlarining poymol bo‘lishi; -odamlarning normal hayotining buzilishi; -xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatining to‘xtab qolishi; -odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi; Sel, ko‘chkilar, bo‘ron, dovul, qor ko‘chkilari, tayfun hamda turli zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi: -vayronagarchiliklar; -yong‘inlarning kelib chiqishi; -hududlarni suv bosib ketishi; -binolar, ob’ektlar, aholi turar joylarining suv-loy oqimi bilan bosilib ketishi; -aholining normal yashash sharoitining buzilishi; -odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi. YOng‘in natijasida paydo bo‘lgan zararlanish o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi: -o‘rmon o‘simliklari, binolar, inshoatlar, hamda aholi istiqomat qiladigan maskanlarning, turli buyumlarning yonib ketishi; -aloqa va elektr uzatish tarmoqlarining buzilishi; -qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlarning va qishloq xo‘jalik xom ashyolarining poymol bo‘lishi; -odamlarning zararlanishi va halok bo‘lishi; Atom elektr stansiyalari va boshqa radioaktiv manbalarini bilan ishlaydigan korxonalarda avariyalar sodir bo‘lgan zararlanish o‘chog‘ining xarakteristikasi: -vayronagarchiliklar; -yong‘inlar; -radionukleiddarning va inson hayotiga zararli bo‘lgan boshqa kimyoviy moddalarning tarqalishi; -aholining normal yashash sharoitining buzilishi; -odamlarning shikastlanishi va halok bo‘lishi. Radionukleidlar bilan zararlangan hududlarda odamlar va hayvonlar uch xildagi ionlashtirilgan nurlanishga duch keladi: - nur kasalligini vujudga keltiruvchi tashqi (gamma) nurlanish; -inson va hayvonlarning yuz qismi va terining kuyishi bilan zararlanishiga olib kelishi; -havo, suv, ovqat bilan, shuningdek teri orqali organizmga radioaktiv moddalar tushishi oqibatida vujudga keladigan ichki nurlanish. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM- ammiak, etilen oksidi, uglerod oksidi va boshqalar) ishlab chiqish va foydalanishdagi korxonalar avariyalarida hosil bo‘lgan o‘chog‘i quyidagi oqibatlar bilan xarakterlanadi: -vayronagarchiliklar; -yong‘in va portlashlar; -KTZMlarning tarqalishi; Download 287.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling