O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish


Download 287.7 Kb.
bet15/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Xo‘sh, toshqin vaqtida qanday muhofaza qoidalariga rioya qilish 
kerak? 
Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo
etishga chek qo‘yish kerak. Toshqinning hosil bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ba’zi
ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. YA’ni oziq-ovkat, ichimlik suvi, kiyim-
kechak va boshqa maishiy-xo‘jalik zahiralariga ega bo‘lish, ularni suv
bosmaydigan joylarda saqlash, kerakli hujjatlar, zarur mol-mulk bilan
evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarur. Toshqin juda katta tezlik bilan avj
olayotgan bo‘lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino
sharoitida bo‘lsangiz yuqori qavatlarga ko‘tarilish, tomlarga chiqib olish
tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan
mabodo, suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan
xotirjamlik bilan ustki va oyoq kiyimlarni echish, suv oqimi bo‘ylab birorta
balandrok yoki mustahkam asosga ega bo‘lgan predmetni tanlash, suv bilan birga
harakat qilayotgan buyumlardan o‘zingizni ehtiyot qilish choralarini ko‘rishingiz
lozim. Zaruratta ko‘ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr
tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni unutmaslik kerak. Erto‘lalarda oziq-ovqat
zahirasi mavjud bo‘lgan takdirda ularni quruq joylarga, suv bosib zarar
etkazmaydigan joylarga olib qo‘ygan ma’qul.
Albatta, ehtiyot choralarini oldindan tashkillashtirib uyushqoqlik bilan olib
borilsa, har qanday fojiadan keladigan talafot va zararni kamaytirishga erishiladi.
Lekin, aksariyat hollarda aholi tomonidan beparvolikka yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy ofat,
xususan, toshqin qanchalik qiska vaqtni qamrab olmasin ma’lum talafotlarga
sababchi bo‘ladi. SHu jarayon bo‘lib o‘tgandan so‘ng qanday ishlarni birinchi
galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to‘g‘risida to‘xtalamiz.
Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o‘ziga
yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar, tirik
organizmlar yuqumli kasalliklar bilan zararlanishi mumkin. SHu vaziyatdan
chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq
oziq-ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli boshqa erga
ko‘chgandan so‘ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo‘laklarni sinchiklab
ko‘zdan kechirish kerak, hech vaqt uyga kirishga shoshilmang. Toshqin tufayli
uylarning devorlari zax tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida
inshootlar bardoshligi zaif bo‘lib qoladi, natijada uncha katta bo‘lmagan tashqi
kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to‘planib qolgan joylardan
alohida yo‘laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat



bilan ko‘zdan kechirib chiqilgandan so‘ng eshik va derazalarning mustahkamligiga


ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo‘ying. Xona ichida qolgan oziq-
ovqatni iste’mol qilishdan o‘zingizni saqlang. Mavjud asbob-uskunalardan,
ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. CHunki to‘liq
qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi
bo‘lib, qo‘shimcha noxushliklarga olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy
ofatni bartaraf qilishda ham o‘ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan,
toshqindan so‘ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday
ishlar amalga oshirilishi lozim?
YUqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng, suv bosgan
joylar ortiqcha narsalardan xalos qilinib, quritish ishlari amalga oshiriladi.
Inshootlarda yarim o‘pirilgan, qayta tiklab bo‘lmaydigan joylar aniqlansa tezda
buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastkam
joylarida suv to‘planib qolgan bo‘lsa suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida
shikastlangan maishiy-energetika tarmoqlari, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa
inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish aholidan
uyushqoqlikii, jipslik va o‘zaro hurmatni talab etadi. SHundagina favqulodda
vaziyat oqibatini tezda bartaraf qilish mumkin.
YUqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo‘lishida
respublikamiz hududlaridan tashqarida bo‘lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnika
inshootlari ham o‘ziga yarasha xavf tug‘diradi. Bizning nazarimizda bunday
ob’ektlarning joylashgan o‘rni, xavflilik darajasi, ko‘lami to‘g‘risida batafsil
ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksariyat hollarda favqulodda
vaziyatlar yuz bergan vaqtda aholi o‘rtasida ma’lumot yo‘qligidan sarosimaga
tushish holati oqibatida talafot ikki-uch barobar ko‘payib ketishiga olib keladi.
Bunday holatlarda aholi harakatining ba’zi qoida va talablari to‘g‘risida keyingi
bo‘limlarda batafsil to‘xtalamiz. SHu maqsadda respublikamiz hududidan
tashqarida bo‘lgan, lekin aholining farovon turmushiga ma’lum darajada tahdid
solib turgan xavf “o‘choqlari” to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Albatta, bunday
ma’lumotlarni berishdan maqsad, aholi o‘rtasida behalovotlik yoki sarosimaga
tushishga ma’lum sharoit yaratish emas, balki zukko o‘quvchilarga xavf
to‘g‘risidagi bor ma’lumotni etkazish, real voqelikdan boxabar qilish. Zero, xavfni
bilmasdan, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib unga tayergarlik choralarini
ko‘rish mushkuldir. Qishlok xo‘jaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan
keng miqyosdagi tadbirlarda nafaqat tuproq emirilishi, eroziya, jarlanish
jarayonlariiing oldini olishga, balki er yuzida paydo bo‘lgan shunday joylarni qayta
rekonstruksiya qilib qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish katta ahamiyatga ega.
Buning uchun, avvalo tashkiliy ishlarni yo‘lga ko‘yish, ya’ni “Er to‘g‘risida”, “Suv
va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlar



asosida ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Tog‘li va tog‘ oldi adirlarida emirilish,


eroziyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bilan bir qatorda, tekislik, ko‘p yillik
sug‘orma erlarda tuproqni sho‘rlanishdan, biologik xususiyati kamayib ketishining
oldini olish tadbirlarini qo‘llash lozim. Buning uchun ilmiy asoslangan usullar
bilan tarixiy, ota-bobolarimiz qo‘llab kelayotgan omillarni uyg‘unlashtirish yaxshi
samara beradi. Umuman, meliorativ va gidromeliorativ choralar asosida har bir
joyning morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini inobatga olib ish yuritish
tuproq muhofazasini ta’minlovchi asosiy omillardir. Tuproqning hayotdagi
biologik o‘rni naqadar yuksakligi va uni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘pgina maxsus,
ilmiy-ommabop risolalar yaratilganligi uchun bu mavzuga ortiqcha to‘xtalmaymiz.
Xususan, tashqi xavf to‘g‘risida: “Moylisuv daryosining (Qirg‘iziston)
qirg‘oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash
chiqindilari ko‘milgan. Hozirgi vaqtda koldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud.
Bu erlarda selni to‘sadigan to‘g‘onlarni mahkamlash hamda ko‘chki xavfi bo‘lgan
joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim” deb mahalliy
hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga
muammoning echimini topish yo‘llarini, xavfli hududlarda mas’uliyatni va
javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni shunday
xavflardan ogoh bo‘lishga chaqiradilar.Haqikatda, Vatanimiz hududlari atrofidagi
xavfli joylar hammamizning diqqat-e’tiborimizda bo‘lishi, ular to‘g‘risida etarli
ma’lumotga ega bo‘lishimiz hozirgi zamon talabidir. Binobarin, birorta xavf
to‘g‘risida etarli axborot tizimi va majmuasiga ega bo‘lingan taqdirdagina uning
oldini olish yoki bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, to‘g‘ri amal qilishga
erishiladi. Respublikamizning tabiiy-geografik o‘rnini kuzatar ekanmiz, har bir
mintaqaning turli halokatli maydonlarni qamrab olganligiga guvoh bo‘lamiz.
Birgina Farg‘ona vodiysini oladigan bo‘lsak, vodiyga yo‘nalgan barcha suv
tarmoqlarining boshlanish qismlari baland tog‘liklardan, ayrim joylari abadiy qor
va muzlikdan iborat bo‘lib, ob-havo keskin o‘zgarishi oqibatida bu suv
tarmoqlarida toshqin, sel xavflari yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bu esa tezkor
amaliy tadbirlar o‘tkazishni, shu hududlarda joylashgan aholi o‘rtasida xavfli
halokatlardan saqlanish yo‘llarini targ‘ib qilishni taqozo etadi.
SHunday qilib, Vatanimiz hududida ham ichki, ham tashqi muhitdan zarar
etkazadigan turli tabiiy ofatlar xavfi mavjud ekan, ularni chuqur mulohaza qilish,
avvalo oldini olish, bashoratlash va oqibatlarini bartaraf etishda faol qatnashish har
bir fuqaroning sharafli burchi hisoblanadi. Mamlakatimizda, xususan tabiiy
ofatlarning oldini olish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof
etgan holda, shuni ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar faqat ushbu muammo bilan
shug‘ullanadigan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari doirasidagina chegaralanib
qolayapti. Ularni keng miqyosda aholi o‘rtasida targ‘ib kilish, talab va qoidalarga



rioya qilish odobi, madaniyatini shakllantirish juda sustkashlik bilan olib


borilmoqda. Tabiiy ofatlarga loqayd bo‘lish qanday oqibatlarga olib kelishi, Davlat
xazinasiga qanchalik ta’sir etishi, eng muhimi insonlar nobud bo‘lishiga sababchi
bo‘lishi boshqa mamlakatlarning achchiq tajribasidan ko‘rinib turibdi. Albatta,
bunday holatga tushmaslikning birinchi tadbiri o‘zimizni va atrofdagilarni to‘g‘ri
harakat qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Zero, milliy mafkura va milliy
g‘oyamizning asosi ham, xavfsiz yashash sharoitini ta’minlashga asoslangan.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling