O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet11/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Samarqand viloyati. Respublikaning markaziy viloyatlaridan bo‘lib,
Zarafshon daryosining o‘rta oqimiga joylashgan. Samarqand viloyatining maydoni
13,9 ming kv. km
2
, respublika hududining 3% ni tashkil etadi. Aholisi 2,3 mln. dan
ortiq. Viloyat janubiy (Zarafshon) va shimoliy (Nurota) qismlarda tog‘liklar bilan
chegaralanib turadi. Muhandis-geologik jihatdan shimoliy qismida Nurota tog‘
etaklarida va janubiy qismdagi Qoratepa tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida lyoss
qatlamlari ko‘proq bo‘lgani uchun bu joylarda ko‘chki jarayoni nisbatan keng
tarqalgan. Viloyatdagi yirik suv omborlaridan Kattaqo‘rg‘on havzasida mavsumiy
vaqtlarda suv miqdorining ko‘payib ketishi oqibatida qirg‘oq atrofining o‘pirilishi
kuzatiladi, lekin bu joylarda aholi punktlari joylashmagan. Suv ombori atrofi
hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirilishi natijasida ayrim joylarda
o‘pirilish va eroziyalanish hodisalari rivojlanib bormokda. Tabiiy sharoitda hosil
bo‘layotgan ko‘chkilarni Oqsoy, Saganak, Okdaryo va Qoradaryo havzalari
atrofida uchratish mumkin. Boshqa viloyatlardagi ko‘chkilarga taqqoslab
ko‘radigan bo‘lsak, Samarqand viloyatidagi ko‘chkilarning ko‘lami, xususiyati
o‘zgachadir, ya’ni keng maydonlarni qamrab olmagani sababi bu joylardagi relef
yuzasining qiyaligi juda katta emas va surilib borayotgan massa juda kam joylarga
tarqaladi. Viloyatda olib borilayotgan qurilish (sanoat, transport, suv inshootlari)
ishlari natijasida ham yonbag‘irlarning o‘pirilish holatlari uchramoqda.
Farg‘ona vodiysi. Respublikaning sharqiy qismini tashkil etib, tabiiy
tuzilishi, muhandis-geologik sharoiti boshqa viloyatlardan tubdan farq qiladi.
Farg‘ona vodiysi maydoni 19,2 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,3% ni
tashkil etadi. Aholisi 5,6 mingdan ortiq. Farg‘ona vodiysining hamma tomoni
tog‘lar bilan o‘ralgan: shimoliy-shimoli-g‘arbda Qurama, sharkda Talass-Farg‘ona,
janubda Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Respublikaning eng harakatchan
zonalaridan biri Farg‘ona vodiysi hisoblanadi. Ma’lumki, vodiy uchta: Namangan,
Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topib, ko‘chki jarayonlari Namangan va
Farg‘ona viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Vodiyning shimoliy qismidagi Namangan
viloyatida keyingi vaqtlarda olib borilayotgan yo‘l qurilishi (Qamchik dovoni)
natijasida nisbatan texnogen sababga ko‘ra ko‘chkilar biroz ko‘payib bormoqda.
Tabiiy holatda uchraydigan ko‘chkilar viloyatdagi Sumsar, G‘ova, Podsho-Ota,
Pishkaran soylarining o‘rta qismlarida ko‘proq uchraydi. YAngiqo‘rg‘on,
Kosonsoy, CHortoq rayonlari Qurama tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida



bo‘lganligi uchun ham bu joylarda ko‘chki jarayoni aholi yashaydigan hududlarga


sezilarli xavf tug‘diradi. Lyoss qatlamlari orasida ikkilamchi gips minerali hosil
bo‘lishi natijasida bu qatlamlar palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘chib ketadi. Salgina
namgarchilik natijasida tuzlar erib lyoss qatlamini tezda oqovaga aylantirishi ham
ko‘chki jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga bu joylarga xos
bo‘lgan hodisa, ya’ni yangi erlar o‘zlashtirilishi natijasida sug‘orma erlarda o‘pqon
olish (suffoziya) juda keng tarqalgan. Bu ham nafaqat qishlok xo‘jaligi ekinlariga,
balki shu joydagi tuproq qatlami emirilishiga katta zarar etkazmoqda.
Respublikamizning boshqa tog‘ oldi hududlariga xos bo‘lgan qishloq xo‘jalik
tadbirlari (sug‘orma erlar) o‘tkazish natijasida kichik-kichik ko‘lamga ega bo‘lgan
ko‘chkilar ko‘proq uchrash holati vodiyning hamma adirliklarida kuzatilmokda.
Mazkur tadbirni o‘tkazishda tog‘ oldi adirliklarining qulay maydonlarini
o‘zlashtirish bilan birga shu joylarning tabiiy tuzilishiga, gidrotexnika inshootlari
joylashuviga, ayniqsa suvdan foydalanilganda me’yoriy ko‘rsatkichlarga katta
e’tabor berish lozimligini alohida ta’kidlash zarur, deb hisoblaymiz. CHunki, hali
tuproq sifatida to‘liq shakllanmagan, o‘simligi kam bo‘lgan, adirliklardagi lyoss
qatlamlari ortiqcha namgarchilikni ko‘tara olmaydi, bu esa shu joyning yuvilishiga,
oxir oqibatda eroziya jarayoni kuchayishiga zamin tayyorlaydi.
Umuman, Vatanimiz hududlarida tarqalgan ko‘chki-surilma jarayonlari
to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, ularni ilmiy o‘rganish, baholash, doimiy kuzatish
qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
joylarda istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida ma’lum tushuntirish ishlarini olib
borish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi siyosatini yurgizish mutlaqo yangi g‘oya asosida
bo‘lishi shart. Bu g‘oyaning asosini har bir qarich erni e’zozlash, tabiiy fizik-
mexanik xususiyatini o‘rganish va qanday ekin turini ekishni bilish tashkil etadi.
SHundagina, yil sayin ko‘payib borayottan aholini kerakli qishloq xo‘jalik
mahsulotlari bilan ta’minlash muammosining echimi ijobiy bo‘lishiga erishiladi.
Sel 
Sel - suvning mexanik faoliyagidan yuzaga keladigan murakkab jarayon
bo‘lib, turli omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va boshq.)
o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida
o‘rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan
joylarni sel o‘chog‘i deb yuritaladi. Sel o‘chog‘i paydo bo‘lishining asosiy
ko‘rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‘ishi va
muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi okibatida daryo o‘zanlaridagi suv
miqdori keskin ko‘payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag‘al,
dag‘al bo‘lakli jinspar) oqim paqdo bo‘lib, ko‘pgana qo‘poruvchilik ishlari amalga
oshiriladi. SHu sababga ko‘ra sellar ikki guruhga bo‘linadi: gdyasial - muzlik va
qorlarning jadal erishi va jatt - ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo



bo‘ladi. Ularning paydo bo‘lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho‘kindi


jinslar miqdori ham alohida o‘rin egallaydi. Respublikamizning tog‘ oldi hududlari
va unga tutash tekisliklarda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladigan
sellar keng tarqalgan. Yirik qor va muzlik qatlamlari tarqalgan tog‘li zonada esa
glyasial turi ko‘proq uchraydi. Sellarning jalali turi aholi va hududlarga katta xavf
solib ko‘p miqdorda iktisodiy zarar etkazadi.
Sel oqimlari harakat xususiyati bo‘yicha turbulent va strukturali turlariga
bo‘linadi.
Turbulent sellar o‘zan bo‘ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib ketishi
natijasida oqim harakati qonuniga muvofiq vodiy yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ladi.
Strukturali sellar maydon bo‘ylab, turli tosh bo‘laklarining butun yonbag‘ir
bo‘yicha yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo‘ladi.
Har ikkala xususiyatga ega bo‘lgan sellar daryo o‘zanlari va yonbag‘irlarni
buzishi bilan birga keng ekin maydonlariga katta miqdordagi oqova oqimini olib
keladi. Vatanimizni o‘rab turgan tog‘lar va tog‘ oldi hududlari selga xavfli
hududlarga kiradi. Sel ayniqsa, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Farg‘ona,
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘proq uchraydi. Respublikamizning sel
xavfi bor joylaridan aholini xavfsiz joylarga o‘tkazish bo‘yicha Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
xodimlari joylardagi mahalliy hukumat organlari rahbarlari bilan maxsus dasturlar
asosida harakat qilmoqdalar. Xavfli joylarda joylashgan aholining to‘g‘ri harakat
qilishida, ayniqsa ko‘chki va sel oqimlari bo‘ladigan hududlarda, xavf yuzaga
keladigan omillarni o‘z vaqtida aniqlash, qayd etish va bundan aholini xabardor
qilish tadbirlari muhim o‘rinni egallaydi. Sel hodisasini oldindan aytib berish
ancha mushkul, odatda sel xavfi bor joylardagi aholi o‘n daqiqa, ko‘pi bilan 1-2
soat avval ogohlantiriladi.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling