O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet9/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Qashqadaryo viloyati. Respublikaning janubiy qismida joylashgan bo‘lib,
sharqda Xisor, shimolda Zarafshon tog‘lari bilan chegaralanib turadi, g‘arbiy qismi
esa cho‘l zonalarini tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,4 ming kv.
km bo‘lib, respublika hududining 6,3% ni tashkil etadi. Aholisi 1,7 mln. dan ortiq.
Viloyatning sharqiy qismi tog‘ oldi zonalari bo‘lgani uchun ko‘chki jarayoni keng
tarqalgan. Bu joylardagi Tanxiz, Jinni, G‘uzor, Oqsuv daryolari vodiylarida lyoss



qatlamlari ko‘proq uchraydi. SHuning uchun ko‘chki xavfi shu joylarda yuqori


darajadadir.
Ayniqsa
SHahrisabz-Kitob
botiqligining
yonbag‘irlaridagi
xo‘jaliklarning ayrimlari ko‘chki xavfi bor zonalarda joylashgan.
Viloyatdagi eng yirik suv omborlaridan CHimqo‘rg‘on atrofida rivojlanib
borayotgan o‘pirilish, jarlanish jarayonlarini aholi istiqomat qilayotgan
maydonlarga yoyilib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Viloyat hududidagi
ko‘chkilarning aksariyat qismi shu joylardagi er uzilmalarining hozirgi vaqtda
keskin faollashganligi sabablidir. Viloyatning shimoliy qismidagi Qoratepa
tog‘ining janubiy yonbag‘irlarida ko‘chki va o‘pirilish jarayonlari shu joydagi past-
balandliklarni tekislab (nivelirlash) ekin maydonlariga aylantirish natijasida yuzaga
kelmokda. Bunday joylarni Kichik-o‘ra, Qoradaryo, Jinni daryolar atrofida ham
uchratish mumkin. Ularning asosiy xususiyati daryo o‘zaniga perpendikulyar
holatda tog‘ yonbag‘ri tomon rivojlanib borishidadir. Natijada lyoss qatlamlari
tarqalgan daryo terrasalarining maydoni kichrayib boradi, bu esa qishloq xo‘jaligi,
chorvachilik tarmoqlariga katta zarar etkazmoqda.
Viloyatning sharqiy qismidagi Pachkamar suv ombori atrofida hosil
bo‘layotgan ko‘chkilar aholi hayot faoliyatiga jiddiy zarar etkazmaydi.
Umuman viloyatda ro‘y berayotgan ko‘chkilarni kuzatsak, 1981-1990 yillari
ular ko‘rsatkichi 198 tani, 1991- 1999 yillarda 1136 tani tashkil etganini ko‘ramiz.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling