O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Sel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin?


Download 287.7 Kb.
bet12/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Sel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin? 
Avvalo, sel va joylarda ehtimoli yuqori bo‘lgan boshqa xavflar to‘g‘risidagi
ma’lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo‘lishi shart. Xususan, sel xavfi
bo‘lishiga me’yoridan ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo‘lmagan
haroratning birdan ko‘tarilishi sababchi bo‘ladi. Quyidagi daryo va soy suvlari
miqdorining oshib ketishi, ularning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab
oluvchi kuchli gumburlash, oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida
vahimali larza paydo bo‘lishi sel oqimidan dalolat beradi. Bunday holatlarda eng
muhimi sarosimaga tushmaslik va kerakli ehtiyot choralarini ko‘rish zarurdir. Sel
oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha
tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir
qancha tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bundan tashqari
sel xavfi mavjud joylarda daryo o‘zanlari, suv omborlari, kanallar qirg‘oqlarini



mustahkamlash zarur, bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel tutkichlar, oqimni


aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. Eng
muhimi, kadimiy an’analarga rioya qilgan holda barcha tarbiyaviy va amaliy
ishlarni rejalashtnrish lozim. SHundagina xavfning mumkin qadar oldi olinadi yoki
undan keladigan iqtisodiy talafot kamroq bo‘ladi. Masalan, millatimizga xos
bo‘lgan hikmatlardan “Serdaraxt qishloqni sel olmas” degan dono fikrga amal
qilinsa, yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lmasin, sel oqimi tarkibida cho‘kindi
jinslar mutlaqo bo‘lmasligiga erishiladi. Bundan tashqari qurilish inshootlarini
rejalashtirishda sel xavfi bor joylardan uzoqroqda bo‘lishga qatiy rioya qilinishi
kerak. YAna bir muammo hozirgi vaqtda qir-adirlarni o‘zlashtirib sug‘orma
erlarga aylantirish hollari ko‘p uchramoqda (bu haqda oldingi bo‘limda to‘xtaldik).
Bu erlarda agrotexnik ishlov berishga, ya’ni adirlarni ko‘ndalangiga haydash yoki
sug‘orish inshootlarini shu yo‘nalishda bo‘lishiga chek ko‘yish kerak. CHunki
bunday tadbir sel oqovasi paydo bo‘lishiga, undanda rivojlanib ko‘chki, eroziya
jarayonlari keskin ortib kegishiga olib keladi.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling