O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet8/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Toshkent viloyati. Respublikamizning sharqiy qismini tashkil etib, CHotqol-
Qurama tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy maydonlarini tashkil etadi. Toshkent
viloyati maydoni 15,6 ming kv. km. ni tashkil etib, respublika hududining 2,8% ga
to‘g‘ri keladi. Axolisi 4,3 mln. dan ortiq. Viloyat maydonlarida mutlaq balandlik
500 m. dan (viloyatning g‘arbiy qismi), 4299 m (Beshtor cho‘qqisi) gacha
o‘zgaradi. Ko‘chki jarayoni 1000-1500 m. balandlikda keng tarqalgan. Asosan
Oxangaron, CHirchiq Pskom, Ugom vodiylaridagi tog‘ oldi zonalarida ko‘proq
uchraydi. Har bir vodiyning yuqori qismida qoyali jinslar ko‘p bo‘lgani va relef
murakkab tuzilishga ega bo‘lgani uchun ko‘chki uchramaydi. Toshkent viloyatida



uchraydigan ko‘chkilar tabiiy (tog‘ jinsi qalinligi, er yuzasi shakli, er osti suvi


sathi, o‘simlik dunyosi) va texnogen (suv inshootlari, yo‘l qurilishlari, elektr
tarmoqlari, tog‘-kon sanoati va boshq.) xususiyatga ega.
Topografik xaritada suv ombori atrofida yangi yo‘l qurilishi va tog‘ oldi
zonalarini sug‘orma erlarga aylantirish natijasida rivojlanib borayotgan
ko‘chkilarni ko‘ramiz. Ayniqsa ular Qaynarsoy, Sijjaksoy, SHarqiramasoy,
CHimyonsoy va Orkutsoy, Mozorsoy, Gulkamsoy, Po‘stinliksoylar atrofida ko‘p
tarqalgan. Ularni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, har bir soyning
o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha ko‘chkilar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bunda har bir
suv tarmog‘i o‘ng qirg‘oqni (Markaziy Osiyoda) doimo emiradi degan
aksiomaning tasdig‘ini ko‘ramiz.
Ko‘chkilarning mazkur suv ombori atrofida rivojlanish faoliyati XX asrning
60-yillari oxiridan boshlangan. Bu joydagi eng katta ko‘chki Alvasti, Sijjak va
Mozorli soylar atrofida uchraydi. Ularning faoliyata hozirgi vaqtacha to‘xtamagan,
ya’ni yuqori qismdagi maydonlarni qamrab olishi har yilgi mavsumiy vaqtga
to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab shu yonbag‘irga daraxt ekish niyatida gorizontal
holatda texnik ishlov berilishidir. Jumladan, CHimyon va Orkutsoylarning yuqori
qismidagi ko‘chkilar ham inson xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmoqda.
Kuzatish ishlarini viloyatning sharqiy hududlari Parkent, Kumushkon, YAngibozor
maydonlari bo‘iicha davom etgirsak, xuddi shunday vaziyatning guvohi bo‘lamiz.
Albatta, bu joylarda yonbag‘irdagi tog‘ jinslaridagi namdorlik ortishi va
gravitatsiya kuchlari ta’sirida paydo bo‘layotgan tabiiy ko‘chkilarni ham
uchratsak-da, lekin ular aholi yashaydigan joylardan uzoqda, tog‘ yonbag‘rining
yuqori kismlarida joylashganligini ko‘ramiz. Suv omborlari atrofidagi ko‘chkilar
esa havzadagi suv sathining doimiy o‘zgarib turishi natijasida sodir bo‘lmoqda.
Ko‘chkilarni maxsus o‘rganadigan bo‘lim 1958 yilda Bo‘stonliq tumanida
tashkil etilgan. Buning asosiy sababi Toshkent viloyatining tog‘ oldi zonalarida
ko‘chki jarayoni ommaviy tus olganligidadir.
Toshkent viloyati bo‘yicha eng katga ko‘chki halokati 1991 yil 4 mayda
Jigariston qishlog‘i
atrofida bo‘lib, 56 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab
bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati xodimlari Toshkent viloyatida
ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ularni o‘rganish, qayd qilish va oldindan
aytish muammolari bo‘yicha doimiy kuzatuv ishlari olib borishmokda.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling