O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki
Download 287.7 Kb.
|
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki
Halqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va qo`llab quvvatlashga intiladi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004 yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misolida o`zini namoyon etdi. Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi. Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi. O`zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg`onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi. O`zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab halqaro shartnomalardan hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro shartnomalarini imzoladi. Bulardan tashqari O`zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi. Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat: • qonuniylik; • shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; • terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; • jazoning muqarrarligi; • terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining ustuvorligi; • jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o`tkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik. Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z – o`zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora - tadbirlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta’qiqlanadi: • terrorizmni ta’qib qilish; • terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat • ko`rsatishi; • terrorchilik faoliyatiga dahldor bo`lgan yuridik shahslarni, ularning bo`linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi; terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi; tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va fikrlarni yashirish; Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojhona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan. Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat etilgan shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi. Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`htatishga rozi bo`lsalar, shuningdek fuqarolar hayotiga havf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning yo` bo`lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo`q qilish uchun zarur choralar ko`riladi. Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko`lami va havfsizlik darajalari e’tiborga olinadi. Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi: • zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo`lovchilarni cheklash va ta’qiqlash; • transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham; • aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa ob’ektlardan chiqarib yuborish; • jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish; • terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish; • kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish; • terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish; • zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi); Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin. Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan: 1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik yondashish jarayoni; 2. o`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shahslar hayoti va sog`lig`iga havf tug`diradigan ma’lumotlar; 3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan; 4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir; Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi ko`rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan. Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo`lishi, atrof - muhitga e’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak. Download 287.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling