O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet21/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Nazorat savollari. 
1. Favqulodda vaziyatlarda aholini qanday himoya qilish
2. Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi ko’riladigan chora
tadbirlar.
3. Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish qanday amalga oshiriladi
4. Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida nima bilasiz
5. Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning o’rni
3-MAVZU.



AHOLI VA HUDUDLARNI ZAMONAVIY QIRG‘IN VOSITALARIDAN


MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI
FAVQULODDA VAZIYATLAR-DAN MUHOFAZA QILISHDA
BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH.

REJA: 
1. Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari.
2. Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro
muhofazasi rejasining mazmuni
3. Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib boorish
4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish
5. Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar

Tayanch iboralar: kuchli ta’sir etuvchi, qutqarish, kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlar, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy
tadbirlarni o‘tkazish qoidalari.
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari. 
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini rejalashtirish - bu fuqaro
muhofazasini boshqarish jaayonining eng muhim tarkibiy qismi. U tinchlik va
harbiy s haroitlarini tahlil qilis h va ularga baho beris h, urush vaqtida
aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining chidamligini
oshirish yuzasidan fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishga ,
avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishga, boshqaruv tadbirlarini har tomonlama
ta’minlab turishdan iboratdir. Rejaning to‘liq ishlab chiqilishi o‘zini
muvaffiqiyatli bajarilishini va bosh vazifa – aholi va moddiy boyliklar muhofaza
qilinishi hal etilishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan
iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari
va ijrochilari aniq ko‘rsatiladi. Reja bo‘limlarining bayoni qisqa bo‘lishi ulardan
foydalanish oson bo‘lishi uchun kerak. SHuning uchun rejaning mazmunli
bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab chiqilgan grafik yo‘l bilan
erishiladi. Tushintirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, suratli sharhlar tushintirish
xatlari tarzida beriladi (bu ikki talabni rejaning ilova jadvalida ko‘rsatilsa bo‘ladi).
Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgan har bir tadbir sifatli va
to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak. Rejaning aniq va real bo‘lishi u
bajarilishining zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit
ma’lumotlari sinchiklab o‘rganiladi: ehtimol bo‘lgan vayronalik, talofatlar, moddiy
zarar oldindan bashoratlanadi, oqibatlarini yo‘qotilishi uchun kerakli kuch va



vositalarga bo‘lgan talab hisoblab chiqiladi. Aholi va hududlarni turli favqulodda


vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariiing asosiy vazifalarini bajarilishini
ta’miilash fuqaro muhofazasi rejasi va uning mukammalligi bilan uzviy bog‘lik.
Fuqaro
muhofazasi
rejasi,
qo‘yilgan
vazifalarni
muvaffaqiyatli
bajarilishiga yordam berishi kerak bo‘lgan, muhofaza tadbirlarining oldiidan
ishlab chiqilgan, asoslangan, moddiy ta’minlangan majmuasidan iborat.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish - fuqaro muhofazasini
boshqarish jarayonining eng muhim tarkibiy qismn. U tinchlik va harbiy harakatlar
davrlari sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berishdan, harbiy harakatlar
davrlarida aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining
barqarorligini oshirish yuzasidan Fuqaro muhofazasi tadbirlarini belgilashdan,
avariya qutqaruv ishlarini o‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlashdan, ularning
faoliyatini va boshqaruv organlarini har tomonlama ta’minlashdan iborat. Bu
tadbirlar bajarilishi uchun kerakli resurslar ajratiladi, amalga oshirish ketma -
ketligi, muddatlari, usullari belgilanadi hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini
o‘tkazish uchun masul kishilar tayinlanadi.
Rejalashtirishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda,
shuningdek tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini tugatishda
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqilib, aholi va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini barvaqt amalga
oshirish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda zarar va
talafotlarni kamaytrish maqsadida respublika aholisining idora, hokimiyat vya
ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuingdek, FVDTning barcha darajalaridagi
hamkorlik rejalari ishlab chiqiladi.
Rejalashtirish tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida- alohida amalga
oshiriladi va rejani mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar.
Xodimlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish hujjatlarga, asosan
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi.
Rejani va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FVDT yuqori boshqarma,
bo‘limlaridan quyidagi keltirilgan dastlabki ma’lumotlar olinishi kerak:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining
farmonlari va qarorlari, ko‘rsatmalari.
2.O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomi,
ko‘rsatmalari va tavsiyalari, rahbar va me’yoriy hujjatlarining talablari.
3.Iqtisodiyot yuqori organlarining ko‘rsatmalari va tavsiyalari.



4. Tuzilmalarning soni, shaxsiy tarkibida hamda aholini va moddiy


boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar.
5. Panajoylar, ularning sig‘imi, boshqa panajoylar qurish imkoniyati.
6. Ob’ektning tavsifi, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.
7.
Toifalangan
shaharga
favqulodda
vaziyatlarda
yordam
berish
imkoniyatlari.
8. Toifalangan shahar iqtisodiyot ob’ektlarining ro‘yxatlari.
9. Potensial xavfli, shuningdek tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi
mavjud ob’ektlar ro‘yxati.
10. Xavfli hududlardagi aholi punklari haqida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tug‘risida”gi Qonuniga
asosan “Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi”
foliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkiliy - uslubiy
rahbarlik qiladi, hamda u O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasining rejasi
loyihasini ishlab chiqadi.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling