Monteske SH. L.O duxe zakonov /Perevod A. Mateshuka. M.: Mыsl. 1999.
JAMIYATNING IQTISODIY HAYOTI
Reja:
1. Jamiyat iqtisodiy hayoti,qonunlari, tarkibiy tuzilishi
2. Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari
3. Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari
Tayanch tushunchalar
Jamiyatning iqtisodiy hayoti, iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, mehnat, ishlab chiqarish usuli, texnologiya, ish kuchi, iqtisodiy infrastruktura, bozor, bozor iqtisodiyoti, bozor munosabatlari, mulk, mulkchilik, talab, taklif, iqtisodiy erkinlik, aholi bandligi, ijtimoiy himoya.
Jamiyat iqtisodiy hayoti, qonunlari, tarkibiy tuzilishi. nlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lini qidiradi. Ehtiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.
Ehtiyojlar nihoyatda turli-tumandir. Ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina, iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib, tushuntirishga harakat qilishadi. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ularni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyojlar, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘ladi. Ayrim adabiyotlarda: birlamchi - eng zarur va ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa mumkin bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo‘linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o‘xshash uzviy talablari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga qatnashish kabilar kiritish mumkin. Lekin bunday tabaqalash shartlidir.
Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:
1.Ehtiyojlar sub’ektlariga75 ko‘ra:
a) individual;
b) guruh;
v) umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |