O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet237/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo‘lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plyuralizmga zid o‘laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Nano yunoncha “nanos” so‘zidan olingan bo‘lib, mitti degan ma’noni bildiradi.
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va shunga o‘xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – mushohada yo‘li bilan anglash mumkin bo‘lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizmmaxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Oppozitsiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko‘rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo‘nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.
Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o‘ta g‘ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Persepsiya – idrok etish.
Prognoz qilishbu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni
Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo‘nalish.
Reduksionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog‘lash.
Relyativizmbizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling