1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta’lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilashga mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchi jamoalari;
- ta’lim yo’nalishining asosiy ta’lim dasturini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlar va talabalar;
- oliy ta’lim muassasalarining o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat);
- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasining baholashnishini amalga oshiruvchi Davlat attestasiya va imtihon komissiyalari;
- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
-oliy ta’lim tizimini akkreditasiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- ta’lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abituriyentlar va boshqa manfaatdorlar.
2 Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yo’naltirilgan o’quv rejasi, o’quv kurslari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, o’quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
Integrallashgan kurs – ta’lim dasturidagi o’quv fanlari mazmun jihatdan o’zaro bog’langan, lekin o’z mustaqil faniga ega bo’lgan fanlar moduli.
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmuasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |