O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet176/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

INSON, SHAXS VA JAMIYAT


Reja:
1. Inson tushunchasi, mohiyati va mazmuni
2. Individ, shaxs va individuallik, ularning uzviy bog‘liqligi va o‘ziga xosligi
3. Hozirgi zamon shaxs nazariyalaridagi asosiy g‘oyalar
4. Jamiyat va shaxs, o‘zaro bir-biriga ta’siri


Tayanch tushunchalar

Inson, individ, shaxs, individuallik, personalizm, ekzistensializm, neotomizm, biologizatorlik konsepsiyasi, sotsiologizatorlik konsepsiyasi, psixologizatorlik konsepsiyasi, ijtimoiy muhit, mega muhit, makromuhit, mikromuhit, qaram shaxs, mustaqil shaxs, erkin shaxs.




Inson tushunchasi, mohiyati va mazmuni. Inson ijtimoiy falsafaning eng muhim muammosi bo‘lib, uning mohiyati va tabiati, imkoniyatlari, kamoloti va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi kabi masalalar eng bahsli mavzulardan hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa avvalo inson mohiyatiga o‘z e’tiborini qaratar ekan, nafaqat bu borada yuzaga kelgan ilmiy-falsafiy fikrlar, qarashlar va nazariyalarga asoslanadi, balki diniy ta’limotlarda ilgari surilgan g‘oyalarni ham inkor etmaydi. SHundan kelib chiqib insonning mohiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarni diniy va dunyoviy nuqtai nazardan qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Antik falsafa insonga mikrokosm, kosmosning bir qismi, ya’ni makrokosm - umuman dunyo bilan doimiy aloqada bo‘lib turuvchi qism sifatida qaragan. Aynan ana shu antik davrda “O‘z-o‘zingni o‘rgan” degan so‘zlar aytilgan edi (Suqrot). Suqrotning shogirdi Aflotun (eramizgacha bo‘lgan 428-347 yillar) insonning ruhi o‘lmaydi, u har gal yangi tanaga ko‘chib o‘tadi, deb taxmin qilgan edi. Insonning o‘zini o‘rab turgan atrof dunyoni o‘rganishga urinishi - bu ruhning tanga kirgunga qadar mushohada etgan abadiy g‘oyalar olami haqidagi xotirotlaridir. Aflotun uchun inson ideali - donishmand, faylasuf bo‘lib, uning ruhi ko‘p “sayr qilgan” va shu sababli uning bilimlari eng to‘g‘ri va qimmatlidir. Bunday komil faylasufni Arastu “o‘zini tafakkur etuvchi tafakkur” deb atagan edi. Inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishga antik materialistlar Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. Ularning qarashlariga ko‘ra, inson hayotining maqsadi - ongli lazzatlanish, azob-uqubutlarga chap berish, ruhning sokin va tinch holatiga erishishdir. SHu sababli ular falsafaning asosiy vazifasi insonga baxtli bo‘lish yo‘lini ko‘rsatishdan iborat deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, jon ayrim atomlardan tashkil topgan va o‘limga mahkum, tana halokatga uchragandan so‘ng atomlar emiriladi. Inson o‘limdan qo‘rqmasligi kerak, zero toki u hayot ekan - o‘lim yo‘q, o‘lim kelganda esa inson yo‘q bo‘ladi. Umuman olganda antik falsafa “Inson nima?” degan savolga javob bermadi, balki ana shu savolni kun tartibiga qo‘ydi.
Jahon dinlari ta’limoti va falsafiy qarashlarida insonning mavjudligi va uning borliqqa munosabati, olamning yaratilishi, insoniyat taqdiri, yashashidan maqsadi, tabiat va jamiyatning mavjudligining asoslari kabi ko‘pgina masalalar qatori shaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati masalalari ham o‘z ifodasini topgan.
Buddaviylik falsafasida inson muammosi, ya’ni uning mavjudligi, yashashidan maqsadi, qarashlari, dunyo, mol-mulkka, amalga munosabatidan iborat ko‘p jihatlari qamrab olingan. Bu falsafiy qarashlarda inson va jamiyat mavjudligining asosi bo‘lgan borliq (moddiyunlik) barcha ko‘rinish va shakldagi har qanday hayot, barcha mavjudotlarga azob beruvchi yomonlikdir. Bu falsafiy mushohadada yomonlik va azob-uqubatlarning sababi insoniyatning, barcha tirik mavjudotlarning dunyoga kelishi va qayta tirilishi dunyosi (sansara) ga bog‘liq deb tushuntiriladi. CHunki, inson o‘z mohiyati bilan his-tuyg‘u, ehtiros, talab va ehtiyojlarini qondirishga intilish bilan azob-uqubatlarni ko‘paytiradi. Bundan qutulish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini buddaviylik falsafasi bo‘yicha anglash, ya’ni hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklardan, lazzatlardan, boylikka intilishlardan voz kechib, to‘g‘ri yo‘lni tutishi (to‘g‘ri qarashlar, to‘g‘ri hatti-harakatlar, to‘g‘ri hayot tarzi kabilar) lozim va nihoyat qayta tug‘ilishga chek qo‘yib, “Nirvana” ga “Hayotdan tashqari” likka olib kelishi mumkin.
Bu falsafiy qarashlar bo‘yicha inson o‘z shaxsiy qobiliyati, intilishi, ijtimoiy faoliyatlaridan voz kechishi, barcha harakatlarida, shu jumladan, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida ham “Nirvana” ga etishish uchun diniy ko‘rsatmalarga amal qilishi kerak bo‘ladi. Tirik va bir butun organizm bo‘lgan shaxs va jamiyat bunday talabni bajarishi amri mahol. Bunday najotga erishish imkoniyati faqat zohid va monaxlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin232.
YAhudiylikning muqaddas kitobi “Tavrot”da inson zoti ulug‘lanib, unda Ilohiy qudratning sifatlari jamlanganligi borasida shunday deyiladi: “Kim odam qonini to‘ksa, uning qoni odam qo‘li bilan to‘kilur. Zero odam Xudo suratida yaratilgandir”233.
Xristianlik falsafasida insonning mohiyati, tashqi olamga shu jumladan, jamiyatga, ilohiy kuchlarga munosabati haqida fikr yuritiladi.
Hususan, xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”da shunday deyiladi: “Xudo sizlarga har turli qobiliyat bergan. Har biringiz shu qobiliyatingizni ishga solib, bir-biringizga xizmat qilinglar”234. Bu erda insonga berilgan qobiliyat orqali shaxs erkinligi ham yuzaga chiqadi. “Bir-biringizga xizmat qilinglar” degan iborada insoniyat va jamiyat, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar ham shular jumlasiga kiradi.
Xristianlik diniy manbalarida insonning har bir harakati va bajaradigan ishlari xudoning marhamati qilib ko‘rsatiladi. YA’ni: “Kim so‘zlasa, xudoning so‘zlari qilib aytsin. Kim xizmat qilsa, xudo bergan kuch bilan xizmat qilsin. SHunday qilib, Iso masih orqali xudo har bir ish va so‘zda ulug‘lansin”235.
O‘rta asr falsafasi asosan diniy falsafa o‘laroq, insonni unda ikki negiz: oliy (ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida qaradi.
O‘rta asr Yevropa diniy falsafasining “otasi” Avreliy Avgustin insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblaydi. Tana esa vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh “zindoni”dan boshqa narsa emas. Foma Akvinskiyning fikriga ko‘ra odam ruh bilan tanning uyg‘un birligidan iborat va bu hol uni quyi, hayvoniy dunyo bilan oliy, ilohiy, farishtalar olami o‘rtasida arosatda qolgan mavjudot qilib qo‘yadi. Unda jismoniylik qancha ko‘p bo‘lsa, u hayvonga shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko‘p bo‘lsa u shuncha farishtalarga yaqinlashadi.
Islom dinida insonning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat va umuman insoniyat olami bilan munosabati, jamiyat va Alloh oldidagi burchi, ma’naviy qiyofasi kabi masalalar qator “Qur’on” oyatlarida, hadislarda, fiqh (musulmon huquqshunosligi) va shariat ahkomlarida turli jihatlardan talqin qilingan. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, “Qur’on” oyatlarida inson muammosiga bir necha jihatlardan yondoshiladi. CHunonchi, uning jismoniy holatini nazarda tutgan holda unga fiziologik mohiyat nuqtai nazaridan qarovchi oyatlar bilan birga, uning ruhiy va ma’naviy holatlarini nazarda tutuvchi ijtimoiy mohiyat sifatida talqin qiluvchi qator oyatlar mavjud. Insonni fiziologik mohiyat sifatida talqin qilingan oyatlarda inson boshqa mahluqotu mavjudotlardan hech qanday afzalligi yo‘q. CHunki u ham boshqa mahluqotlar singari Alloh tomonidan “tuproq” dan, “loy” dan, “balchiq” dan, umuman moddiy unsurlardan yaratilgan va yana moddiy unsurga aylanadi. “U zot insonni (ya’ni Odam alayhissalomni) sopol kabi qurigan qora loydan yaratdi”236.
Islom dinining muqaddas kitobi“Qur’on”da inson zoti ulug‘lanib, shuningdek unga muhim mas’uliyatlar ham yuklanganligi nazarda tutilib, shunday deyiladi: “Darhaqiqat biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik… va ularni o‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik”,237“Ey insonlar, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo) dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik”238.
Ushbu oyatda Islom dinining insoniyat olamiga, shaxs va jamiyat munosabatiga ko‘z qarashi bayon etilgandir. Birinchidan, barcha insonlar bir ota-onaning farzandlaridir. Ikkinchidan, insonlarning turli tabaqalarga, el-urug‘larga bo‘linishlari bir-birlari bilan mol-dunyo talashib urush-janjal bilan umr o‘tkazishlari uchun emas, balki bir-birlari bilan tanishib, hamkorlik qilishlari va birgalikda o‘zlari halifa bo‘lgan zaminni obod qilishlari uchundir.
SHarkda islom tarqalgan hududlardagi diniy-falsafiy ta’limotlarda bu masalaga ratsional yondoshish kuchli edi.
Tasavvuf ta’limotlariga ko‘ra, inson borliqdagieng mukammal mavjudot bo‘lib, o‘zida olamning mohiyatini jam etadi. SHunga ko‘ra borliq — dunyo olami kabir bo‘lsa, inson olami sag‘irdir. Agar koinot miqyosida borliqning birligi xudoda ifodalansa, xossalari ko‘rinishining ifodasi — insondir. Inson tinimsiz o‘z-o‘zini bilish orqali komillik darajasigaerishish imkoniyatiga ega.
O‘rta asrlarda SHarqda yashab ijod etgan mutafakkir shoir Umar Hayyom ham o‘z ruboiylarida insonning mohiyati va imkoniyati, uning hayotining ma’nosiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Hususan u ruboiylarida shunday yozadi:
Tuproqni toptaydi nodon oyog‘i,
Bilmaski, bu jomon yuzin tuprog‘i.
Saroy, kungirasin bezagan har g‘isht,
Sulton kallasi yo vazir barmog‘i.239

Loyimni o‘zing qorgan esang, men na qilay?


SHaklimni o‘zing chizgan esang, men na qilay?
Har yaxshi-yomonki men etarman, yo Rab,
Manglayga o‘zing yozgan esang, men na qilay?..240

Asrori azalni sanu mann bilmasmiz,


Bu harfi chigalni sanu mann bilmasmiz.
Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha,
CHu pardaki tushdi, sanu mann bilmasmiz…241
Umar Hayyom qarashlarida inson cheklangan hayotida avvaldan taqdiriga bitib qo‘yilgan amallarni bajaruvchi, hech qachon olam sirlarini anglay olmaydigan mavjudod sifatida gavdalanadi.
Islom falsafasi vakillari inson muammosiningbarcha asosiy jihatlari bilan shug‘ullandilar. Jumladan, ularni insonning kelib chiqishi, uning olamdatutgan o‘rni, voqelikni o‘zlashtirish imkoniyatlari,ezgulik yo‘lini tanlagan insonning ideali va hokazomasalalar qiziqtirgan edi. Bu masalalarni tahliletish natijasida Forobiy insonning barcha mavjudotlardan farqi aql-idrokdadir, degan xulosaga kelgan bo‘lsa, Ibn Sino aqlning o‘zini umumiy qarashlarva alohida narsalar to‘g‘risida fikr yuritishga qodirlik shaklida talqin qiladi.
Bu muammo haqidagi Beruniyning fikrlari hamahamiyatlidir. U insonning xudo tomonidan yaratilganligini ko‘rsatib, ayni vaqtda uning butun hayoti vajismoniy tuzilishi jo‘g‘rofik omillar bilan hambog‘liq ekanini ko‘rsatib shunday degan edi: “insontanasi, rangi, haqiqiy qiyofasi, tabiiy belgilarifaqat kelib chiqishgagina emas, balki tuproq, suv, havo va turar joyiga ham bog‘liqdir”242.
Inson muammosi tahlili YAngi zamon ijtimoiy falsafasining barcha bosqichlarda egallagan o‘rni, tutgan ahamiyatiga ko‘ra o‘tmish davrlarida mavjud bo‘lganta’limotlardan sifat jihatidan farqlandi. Uyg‘onish davri tafakkurida o‘tmishdagi ta’limotlarningbirontasida bo‘lmagan hol — insonni betakror individualliklarning yig‘indisi sifatida olib qarashboshlandi, insoniyat betakror insonlardan tashkiltopgani ko‘rsatildi. Bundan esa tirik tabiatda bo‘lganidek, inson tabiatining ham bir xil emasligiva ayni paytda inson bilan insoniyatning manfaatlari mushtaraklashadigan muhim nuqtalar borligi to‘g‘risida xulosalar chiqarildi.
Bu davr falsafasida, birinchidan, inson, uningalohidalik sifati va imkoniyatlarining cheksizligimasalasi tursa, ikkinchidan individualizm, egoizm(xudbinlik), manfaatparastlikning ham falsafiy tahlillari ko‘rina boshlandi. “Inson insonga bo‘ri”, “hammaning hammaga qarshi urushi” kishilar hayoti ning tabiiy holati (T. Gobbs), degan qarashlarning kelibchiqishi tasodifiy emas edi.
Fan taraqqiyoti ta’sirida Yevropa falsafiy antropologiyasida bu davrga kelib inson mohiyati talqinida yanada yangi jihatlari ko‘rina boshlandi.Masalan, B. Paskal insonning butun buyukligi vanoyobligini uning fikrlay olish qobiliyatida ko‘radi. P. Golbax esa insonning hayoti tabiat qonuni bilan taqozolangan, deb hisoblagan. U shunday deb yozgan edi: “inson hatto fikrida ham tabiatdan tashqariga chiqaolmaydi”.
Nemis mumtoz falsafasi asoschisi I. Kant uchun “inson dunyodagi eng asosiy mavjudotdir”. I.Kant insonni tushunish yo‘lida muhim qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza yuritish mumkin, deb hisoblar edi. Ayni vaqtda, u “inson uchun maktab bo‘lib xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha muvaffaqiyatlarning maqsadi o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalga tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu bilimlar tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng muhim predmet insondir, zero u o‘zi uchun pirovard maqsaddir”243, deb qayd etadi.
Kantning fikricha, inson bir tomondan, tabiatga tegishlidir, ikkinchi tomondan - ahloqan erkin va, uchinchidan, doimo qadriyatlar bilanish ko‘radi. Bu sifatlarning birinchisida inson zaruriyat oldida tursa, ikkinchisida ma’naviy erkinlikkaegadir.
I.Kantdan keyin nemis klassik falsafasida inson asosan madaniyat dunyosini yaratuvchi ma’naviy faoliyat sub’ekti sifatida, umumiy ideal asos – ruh, aql manbai sifatida tushunildi. L.Feyerbax (1804-1872) bu yondashuvga qarshi chiqdi. O‘sha davrda ob’ektiv idealizm falsafasida hukm surgan tushunchalar (“g‘oya”, “ruh”)ga zid o‘laroq, u “inson” kategoriyasini ilgari surdi. Feyerbax insonga tarixiy ma’naviy rivojlanish mahsuli sifatida emas, balki avvalo biologik, hissiy-jismoniy mavjudot sifatida yondashib, undagi tabiiy-biologik asosga murojaat etdi. Unda inson Xudo yaratgan banda emas, balki tabiatning bir qismi bo‘lib, fransuz faylasuflari qayd etganidek mexanizm emas, balki organizmdir.
XIX asrdan boshlab Yevropa falsafiy tafakkuri F.SHelling, A.SHopengauer, M.SHtirner, S.Kerkegor, F.Nitsshe, N.Berdyaev, A.Bergson kabi faylasuflarning sa’y-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda, irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan ob’ektiv dunyo – bu avvalo “inson borlig‘i” bo‘lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin emas. Inson borlig‘i to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab etadi.
M.SHeler falsafiy antropologiya - insonning yaxlit konsepsiyasini yaratib, uni muayyan ilmiy, falsafiy va diniy jihatdan anglab etishda birlashtiruvchi rol o‘ynashi lozim, deb hisoblaydi. U “Falsafiy antropologiyaning vazifasi insonning barcha o‘ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat, rahbarlik, mif, din, fan... inson borlig‘ining asosiy strukturasidan qanday kelib chiqishini aniq ko‘rsatib berishdan iboratdir”244, deb qayd etadi.
Falsafiy antropologiya echadigan muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Ijtimoiy falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:

  • “aqlli mavjudot”;

  • “siyosiy hayvon”;

  • “tabiat gultoji”;

  • “hayotning boshi berk ko‘chasi”;

  • “hayotning soxta qadami”;

  • “mehnat qurollari yasovchi hayvon”;

  • “o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot”;

  • “ma’naviy va erkin mavjudot” va hokazolar sifatida talqin qilingan.

Insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar ifodasi sanalgan biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Bunda ularning har biri boshqasini butunlay rad etmaydi, ammo insonning muayyan bir (biologik yoki ijtimoiy) tabiatini ustunroq qo‘yadi yoki hatto mutlaqlashtiradi.
Hozirgi zamon antropologik falsafasining inson mohiyati to‘g‘risidagi xulosalari kuyidagicha:

  1. Inson tabiatan noeb va universaldir. U tabiat rivojining buyuk mahsuli, noyob qobiliyat sohibidir. Inson uchun instinkt ham, nozik did ham, ulug‘vorlik va yaratuvchanlik xam xosdir.

  2. Insonda ichki va tashqi olam mujassamlashgan. Insonning ichki olami faoliyatning turli shakllarida - mehnat, muloqot, badiiy ijod, xulq- atvor va shu kabilarda namoen bo‘ladi.

  3. Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlikdir. Har bir insonda tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik", xissiylik, axloqiylik mujassamlashgan.

  4. Inson tarixiy mavjudotdir. U o‘zining ana shu xususiyati bilan kelajagini yaratadi. Inson ertangi kuniga doimo tashvish bilan qaraydi, chunki uni har doim inqirozlar, omadsizliklar ta’qib etadi.

  5. Inson mas’uliyat hissidan qochib qutulmaydi. U gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqaligina shunday vaziyatdan chiqa oladi.

Inson nihoyatda murakkab, ko‘p kirrali va ko‘p o‘lchamli mavjudot bo‘lib, uning mohiyatini anglash uzok vaqt davom etadigan jarayondir. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlangandir. Falsafadan bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. SHu ma’noda, inson, avvalo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlar, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir.
YUqoridagi karashlar inson mavzuining nihoyatda serqirra ekanligini, u bilan bog‘liq muammolarga nisbatan rang-barang yondashuvlar mavjudligini yaqqol namoyon qiladi. Bu esa o‘z navbatida nafakat qozirgi davrda, balki kelajakda ham inson bilan bog‘liq muammolar falsafa va ijtimoiy falsafaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolaverishini ko‘rsatadi.
Ta’kidlash zarurki, eng avvalo inson boshqa mavjudotlardan o‘zining tafakkuri, xotirasi, tili borligi bilan ajralib turadigan jonzotdir. Ayniqsa, til uning ajdodlari va avlodlari orasidagi vorisiylik, aloqadorlik vazifasini bajaradi.
Inson nasliga xos barcha genetik xususiyatlar, axlokiy normalar, uning faoliyatini boshkaruvchi dasturlar xuddi shu til orkali ajdodlardan avlodlarga uzatiladi. Boshqa tirik mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning o‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir, Bu holat insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat, madaniyat ekanligini ifodalaydi. SHuningdek, insonning o‘z turmushi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga egaligi xam ana shunday xususiyatlardai biri xisoblanadi.
Inson xayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Inson organizmining sof fiziologik funksiyalari, ko‘l va oyoklarning, bosh va barmoqlarning, tog‘aylar, paylar, suyak va muskullarning taraqkiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog‘liqdir. Bundan tashkari, mehnat insonning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga ta’sir etadi. Buning uchun esa mehnat qurollari yasab, ushbu kurollarni uzluksiz takomillashtirib bordi. Inson amerikalik olim B.Franklin aytganidek, mehnat kurollarini yaratuvchi jonzoddir. Oilaviy munosabatlar va axloqiy normalar insonni hayvondan fark qiluvchi eng muhim xususiyatlardan biridir. Masalan, qadim zamonlardan buyon hayvonlarga xos kuyidagi kiliklar, odatlar mutlaqo ta’qiqlandi:

  • o‘zining yaqin qavm-qarindoshi bilan jinsiy aloqada bo‘lish;

  • o‘z zotdoshlarisiga ko‘l ko‘tarish, taniga jarohat etkazish;

  • o‘zining yaqin kishilariga suiqasd qilish.

Bunday nomaqbul qiliqlar hayvonlarga xos bo‘lgani uchun ham kattiq qoralangan. Qadim axloqiy normalar, turgan gapki, hali takomillashmagan, o‘ta oddiy edi. SHunga qaramasdan, bunday normalar insoniylikning eng oddiy ko‘rinishlari paydo bo‘layotganidan dalolat berardi. Ular asta-sekin rivojlanib, umuminsoniy qadriyatlarning vujudga kelishi uchun zamin yaratdi.
Ko‘rinib turibdiki, antroposotsiogenez (yun. antropos va genesis- inson, kelib chiqish) tufayli inson axloqiy mavjudot sifatida ham shakllandi, biologik mavjudotning ijtimoiy mavjudotga aylanishi jarayoni sodir bo‘ldi. Oddiy axloqiy normalar yordamida ibtidoiy jamoa o‘z a’zolarini barchaga maqbul bo‘lgan tartib va intizomlarni bajarishga majbur kildi. Xuddi shu holat inson ning hayvondan uzil-kesil ajralib chiqkanligidan dalolat berardi. Uz navbatida, ushbu voqea ijtimoiy holatning biologik holat ustidan qilgan buyuk g‘alabasi edi. Odamning mehnat qilishni, mehnat kurollari yasashni o‘rgangani, axlokiy normalarga rioya eta boshlagani ulkan neolitik inqilob edi. Bunday neolitik inqilob tufayli odam asta-sekin ijtimoiylashib bordi. Odamning dastlabki ajdodi ov qilib, terib-tergilab yashashga asoslangan faoliyatdan ishlab chiqaruvchanlikka, yaratuvchanlikka asoslangan turmush tarziga (dehqonchilik, chorvachilik, kosibchilik va b.) o‘ta boshladi.
Xuddi shu holat odam ijtimoiy-tarixiy mavjudot bo‘lib shakllanayotganidan, mujassamlanayotganidan dalolat berardi. Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat - tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini uqdirmoqdalar. Insonning biologik holati deganda uning tanasida sodir bo‘ladigan morfofiziologik, genetik, miyasida ro‘y beradigan elektro-ximik o‘zgarishlar, uning yoshi, irqi va jinsini ifodalovchi alomatlar tushuniladi. Insonning ruhiy holati haqida fikr yuritganda uning his-tuyg‘ulari, kayfiyati, kechinmalari, irodasi, temperamenti anglanadi. Insonning ma’naviyati jamiyatda mavjud bo‘lgan ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omillar natijasida shakllangan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar, malakalar yig‘indisidir. YUqoridagi fikr-mulohazalar insonning murakkab, bir butun biopsixosotsial jonzot ekanligidan dalolat beradi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling