O’zbekisтon respublikasi хalq тa’limi vazirligi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi
Download 135.75 Kb.
|
Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (7) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копи - копия
Kichigi sevuglug,qarisi amul.
O’zi tuzun,alchaq,ko’r,asg’i ogush. (www.ziyouz.com kutubxonasi ) Kichik-“hajmi-o’lchami nisbatan katta bo’lmagan”(O”TIL.I.389-bet.) ma’nosi bilan qari so’zining “ancha yoshga borgan, qartaygan,keksa””(O”TIL.II.555- bet.)ma’nosi faqat baddagina antonimlikni bildirib, kontekstual antonimlikni hosil qilgan. Ajunda alindim o’zumka o’ngi, Qo’vuq, so’kni em gap, to’nim qo’y yungi. Shakardan tatig’liq, qo’viq bo’z manga, Jo’z ul bu o’zim to’n ag’ilar tengi. *** Jahonda ro’zimni yedim har kungi Qipiq, so’k-yemishim, to’nim qo’y yungi. Shakardan shirinroq qipiqdir menga, Menga bo’z liboslar ipaklar tengi. (www.ziyouz.com kutubxonasi ) Ushbu banddagi Jo’z-bo’z, ag’i- ipak leksemalari ham matn tashqarida antonim so’zlar bo’lolmaydi. Chunki,jo’z-bo’z arabcha so’z bo’lib, “qo’l dastgohida paxta ipidan to’qilgan mato” (O’TIL.I.157-bet)ni bildirsa, ipak leksemasi “pilla qurti chiqargan juda ingichka pishiq tola va undan yigirilgan ip”(O’TIL.I.333-bet) ma’nosini anglatadi. Mazkur so’zlar o’zaro zid ma’noli bo’lmasada, misrada ularning “silliqlik” va “qattiqlik” semalari o’zaro antonimlikni yuzaga keltirishga xizmat qiluvchi vositadir. Bunday misollarni Boqijon To’xliyev tabdilida ham uchratish mumkin: Hatto chivin ham fil uchun arzimas dushman emas. (“Qutadg‘u bilig” 74-bet) Ushbu o’rindagi (chivin –fil) so’zlarida o’zaro antonimlik holati kuzatilmasada, ammo mant ichida antonimlikni yuzaga keltira olgan. Chivin- “ikki qanotli, uzun mo’ylovli, qon so’ruvchi hasharot” (O’TIL.I.350-bet), fil- “Afrika va Osiyoda yashaydigan sutemizuvchilar sinfiga mansub katta hayvon ” (O’TIL.II.301-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu leksemalardagi hajm semasi o’zaro antonimlikni yuzaga keltirgan. Qamug’ ga’yib o’zlar ko’rushsa o’zun. Saqinch bo’ldi qisg’a, sevinchlar uzun. Na ko’rklug bo’lur ko’r, kishi adrilib, Salamat qavushsa eki o’z o’zun. *** Ko’rkli bo’lar, ko’r kishi ayrilib, Judolar ko’rishsa topib bir-birin, Alam qisqa bo’lg’ay, sevinchlar uzun. Salomat topolsa yoru do’stlarin. (www.ziyouz.com kutubxonasi ) Mazkur banddagi antonimlar(alam – sevinch) o`zaro zid ma`no ifoda etma-gan leksemalar bo`lib, shu kontekst ichida muallif tomonidan antonimik munosa- batiga kirishtirilgan. Alam “jismoniy qiynoq;azob;qiynoq” (O’TIL.I.66-bet) ma`nosini bildirib, bu leksemada “jismoniy azob”,”qiynoq” semalari bor. Sevinch “shod-xurram; xursandlik,sevinch, quvonch” ma`nosini bildirib,sevinch leksema- sida “quvonish”,” mamnunlik”(“ tuyg`u”) semalari mavjud. Alam leksemasidagi “azob” (qiynoq) semasi, sevinch leksemasidagi “ mamnunlik” (quvonch) semasi zidlikni hosil qilgan. Ijodkorning bu o`rindagi so`z qo`llash mahorati ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi Tili yolg’on erning jafa qilqi ul, Jafa kimda ersa asha yilqi ul. Kishi yalg’anindin tilama vafa, Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul. *** Tili yolg’on erning jafo xulqidir, Jafo kimda bo’lsa osha yilqidur. Kishi yolg’onidan vafo kutmagin, Bu so’z sinalgan talay yilgidir. (www.ziyouz.com kutubxonasi ) Vafo-“yorga,do’stga, yaqin kishilarga sadoqat;o’z ahd-paymonini muqaddas tutish,so’zda, va’dada qat’iy turish,”(O’til.I.174-bet) ma’nosini, jafo so’zi esa “ma’naviy, ruhiy va jismoniy ezilish,azob uqubat kulfat”(O’til.I.275-bet) ma’nolarini bildirib leksik antonimlik munosabatiga kirishmoqda. Download 135.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling