Biligsizka davlat yarashsa kelib,
Biliglikka artuk yarashur tegib. Biligsiz bila tursa davlat qali,
Biliglig bila turg’a teng-tush ko’rib.
(www.ziyouz.com kutubxonasi ) Biligsiz-bilimsiz,biliglik-bilimli leksemalari ham leksik antonimlikni yuzaga keltirmoqda. Bunda bilimsizso’zi-“bilimi, ilmi, ma’lumoti yo’q, o’qimagan,ilmsiz,nodon”(O’TIL.I.113-bet) ma’nosini, bilimli esa”katta ilmga,ma’lumotga ega bo’lgan,o’qimishli, ilmli, bilimli” (O’TIL.I. 113- bet)ma’nosini ma’nosini bildiradi.
O’gush su tilama,er o’rdum tila, Er o’rdum tila ham to’lum tum tila.
Etiglik az edgu o’tushtan ko’ru, Telim tushti artaq o’gush su bila.
***
Talaylashkar ermas, sara, oz tila, Sara, oz tila ham saloh soz tila. Sifatli oz afzal talaydan ko’ra,
Talay lashkar ichra xatolar to’la.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
O’gush–talay so’zi-“ancha, ko’p, ko’pgina” (O’TIL.II.111-bet) ma’nosini bildirib o’rdum-oz leksemasining “son yoki miqdor jihatdan uncha ko’p bo’lmagan,kam”(O’TIL.I.525-bet) ma’nosidagi “hajm”semasi o’zaro antonim juftlikni yuzaga keltirmoqda. Bu esa misrada ohangdorlikni ta’minlash bilan birga fikrning aniqliligini,tiniqliligini taminlashga xizmat qilmoqda.
Bo’sh,azad kishi barcha edgu quli, San edgu qilu ko’nilik yo’li.
Kishilik qilurqa kishi bo’l tushi, Kishi mundag’ urdi kishilik uli.
***
Hamma ozod insonlar ezguga qul, Qilib ezgu ish, och adolatga yo’l. Odamgarchilik qil hamisha o’zing, Kishilik haqi shu, adolatli bo’l.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Azad,qul leksemali bir misraning o’zida kelib ma’no jozibadorligini taminlamoqda. Bunda ozod leksemasi-“o’z erki, haq-huquqi o’z qo’lida bo’lgan,erkin, hur” (O’TIL.I.525-bet) ma’nosini anglatadi. Qul leksemasi esa “xususiy mulk, mol qatori olib-sotilgan, bus-butun xo’jayinga qaram bo’lgan, hech qanday haq-huquq va mol-mulkka ega bo’lmagan xizmatkor” ”(O’TIL.II.615-bet) ma’nosiga ega. Bu ikki qarama-qarshi ma’noli leksema mazmundorlikni oshirish bilan birga kitobxonni o’ylashga, kengroq va chuqurroq fikrlashga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |