Mavzuningo’rganilganlikdarajasi.Mazkur magistrlik dissertatsiyasi hozirga qadar qilingan ilmiy-tadqiqot ishlaridan shu xususiyati bilan ajralib turadiki, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari yuzasidan tadqiqod ishlari olib borgan S.Ibodov, H.Islomiy,F.Abdujabborovalarning ishlarida mavzu haqidagi umumiy fikrlar bayon qilingan. 6 Ularning xizmatlarini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ularning teranmazmundagi tadqiqodlari Yusuf Xos Hojib asari tilini o’zbek tilida lingvistik aspektda o’rganishda poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ammo Yusuf Xos Hojib asari tilini leksik xususiyatlarini tahrir qilish borasida mukammal ish ko’zga tashlanmaydi. Shuning uchun adib ijodini chuqurroq tekshirish, uning o’ziga xos individual mahorat sirlarini ochib berish nafaqat adabiyotshunoslikning,balki biz tilshunoslarning ham oldimizda turgan muhim, ayni damda, katta mas’uliyat tiyg’usini yuklaydigan vazifalardan biridir.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Yusuf Xos Hojibga xos lingvistik mahoratni belgilashda adib badiiyatiga etibor qaratish, noyob durdonaning leksik xususiyatlarini tahlilqilish,leksemalarning etimologiyasi, qaysi qatlamga kirishi va ma’no munosabatiga ko’ra tahlil qilish ushbu magistrlik ishining asosiymaqsadini tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
-badiiy asar tilining o’zbek tilshunosligi adabiyotshunosligida o’rganilish holatini baholagan holda ularni leksik xususiyatlar doirasida umumlashtirish;
6Karimov Q. Ilk badiiy doston. Toshkent: “Fan”. 1976-yil.219-bet.
-adib ijodining o’zbek tilshunosligida o’rganilish darajasini belgilash va uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatiniko’rsatib berish;
-Yusuf Xos Hojib asari tilining badiiyatini taminlovchi leksemalarning xususiyatini o’rganish;
-asardagi ayrim so’zlarning kelib chiqish tarixi va qaysi qatlamga mansubligini aniqlash;
-ijodkor asaridagi so’zlarning ma’no munosabatiga ko’ra turlarini ochib berish;
-adib asarlarida qo’llangan ko’p ma’noli so’zlar va ularning semantik xususiyatlarini aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |