38-modda. Havo kemasi turining sertifikati
Oldingi
tahrirga qarang.
Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini
belgilaydigan va uning
fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan
Davlatlararo
aviatsiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-
sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan
berilgan sertifikati,
basharti havo kemasi
fuqaro havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan
belgilangan
uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof
etilishi mumkin.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi O‘RQ-159-sonli
Qonuni
tahririda —
O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: