O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Insonlarning bir-birlarini tushunish va
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
psixologiyapdf
2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va
idrok etish mexanizmlari Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo- dim o‘z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli- nadi. Muloqotning vositalari huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o‘tganimizdek, imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu- siyatlarni o‘z ichiga oladi. Til so‘z belgilari tizimi bo‘lib, u psixik faoliyatni ifodalovchi, shu bilan birga, nutqda foydalaniladigan aloqa vositasidir. Biroq nutqning buzilishi muloqot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya qo- big‘ining ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqi- shidan iborat psixopatologik nuqson afaziya deyiladi. Nutqning buzi- lishi insonning yozma nutqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqdagi turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi agrafiya deyiladi. Agrafiya holatida odam yozish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi yoki so‘zlardagi harflarni tushirib qoldiradi, harflarni bir-biriga qo‘sha olmaydi. Agrafiya katta odamlarda bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining buzilishi natijasida ro‘y bersa, bolalarda u duduqlik natijasida kelib chiqadi. Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan, muloqotning quyidagi vazifalarini ko‘rsatishimiz mumkin. Muloqotning psixologik vazifalari: – informatsion; – regulyativ; – signal; – nazorat; – tarbiya. Informatsion vazifa axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. Regulyativ vazifa muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatni tashkil qilishdan iborat. 129 Signal vazifasining ko‘magida biz bo‘lib o‘tayotgan katta aha- miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz va uzatamiz. Nazorat vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi. Tarbiya qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jara- yoni bo‘lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi psixologik xususiyatlar: 1) muloqotning kasbiy yo‘nalganligi; 2) muloqotning huquqiy jihatdan tartibga solinishi; 3) muloqotning majburiyligi; 4) muloqot maxsus obyektining mavjudligi; 5) muloqotda psixologik to‘siqlarning mavjudligi; 6) jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati hamda xususiyatlarini bilish zarurligi. Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo‘ladigan muloqot- ning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero- ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib tashlashga harakat qilsalar, aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish- ga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga hara- kat qilishadi. Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi- ladi. Shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo- dim muloqot qilishga majbur. Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch- rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Mulo- qotga kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi- mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo‘lgandan so‘ng boshlanadi. Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko‘p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Mu- loqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keladi. 130 Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud: 1) motivatsion to‘siqlar; 2) aqliy (intellektual) to‘siqlar; 3) emotsional to‘siqlar; 4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas- ligi jarayonida namoyon bo‘ladi. Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar). Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar huquqni muhofaza qilish or- ganlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling