Savdo psixologiyasi asosan tijorat ta’sirining psixologik shart-
sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyat-
larini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq-
laydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixologiyasi masalalari (ijodkor
shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikni rag‘batlantiruvchi omillar, il-
miy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining o‘rni va boshqala)ni
o‘rganish boshlandi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasining o‘ziga xos bo‘li-
mini evristika tashkil etadi. Uning vazifasi faqat ijodiy (evristik)
faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristika
jarayonlarini boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir.
Nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va san’at sohasida) va estetik
idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin hali sust o‘rganilgan
soha) psixologiyasi ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |