O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


BBK 88ya73  T a q r i z c h i l a r


Download 325.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/68
Sana08.01.2022
Hajmi325.56 Kb.
#249975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
psixologiyapdf

BBK 88ya73 
T a q r i z c h i l a r :   psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 
   Safoyev N. S.  
 
   yuridik 
fanlar 
doktori, 
professor 
Zaripov Z. S. 
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 y. 


 
 
 
SO‘Z BOSHI 
Mamlakatimizda boy ma’naviy salohiyat va umuminsoniy qad-
riyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, ilmi, texnikasi va texno-
logiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizi-
mini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Bu muammoni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul 
qilindi. Mazkur qonun hamda dasturda shaxs va uning shakllanishiga 
katta e’tibor qaratilgan, ya’ni shaxs «o‘zbek modeli»ning asosiy 
tarkibiy qismi sifatida modelning bosh subyekti va obyekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va amalga oshiruvchisi deb 
ta’kidlab o‘tilgan.   
Ma’lumki, shaxs bir qator fanlarning obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
Shaxsni bevosita va bavosita o‘rganadigan fanlar sirasiga psixologiya 
fani ham kiradi. Xuddi shu maqsadda barcha oliy o‘quv yurtlari o‘quv 
rejalariga psixologiya fani ham kiritilgan bo‘lib, u huquqshunoslik 
sohasida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ixtisoslik fani 
hisoblanadi.  
Mazkur ma’ruzalar matni ham psixologiyaning boshlang‘ich va 
asosiy tarmog‘i bo‘lgan umumiy psixologiya mavzulari asosida 
tayyorlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olayot-
gan birinchi bosqich tinglovchilarining psixologiya fani bilan tanish-
tirish, ularga kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan psixologiyaga oid bi-
limlarni berish, kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga 
qaratilgan. 
Ma’ruzalar matnida quyidagilar xususida so‘z yuritiladi: psixolo-
giya fanining nazariy-metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini ochib 
berish, psixologiya fanining asosiy kategoriyalari bo‘lgan psixika, 
ong, shaxs, faoliyat, psixik ko‘rinishlar, jarayonlar, holatlar va shaxs-
ning individual-psixologik xususiyatlari haqida hamda faoliyatning 
 
3


 
asosini, muomala va ijtimoiy tasavvurlarni psixologik o‘rganish, 
psixodiagnostika asoslari, shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini, 
muomala va tasavvur qonuniyatlarini o‘zlashtirish haqida qisman 
ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon qilingan. 
Ushbu qo‘llanma tinglovchilarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlariga 
psixologik jihatdan tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, unda psixologiya 
fani haqidagi eng qadimgi qarashlardan tortib, to hozirgi zamon G‘arb 
va Sharq olimlarining bu fan xususida olib borgan ilmiy tadqiqot 
ishlari chuqur tahlil qilingan holda berilgan. 
Sizning e’tiboringizga havola etilayotgan psixologiyadan 
ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
Akademiyasi psixologiya va kasb etikasi kafedrasining professor-
o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan.
 
 
4


 

Download 325.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling