O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
psixologiyapdf
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari,
kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi syezdida K. N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tu- zish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g‘oyaviy-na- zariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari ha- qidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk o‘rin tutgan B. G. Ananyev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. V. Zaporojes, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontyev, A. R. Luriya, S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadze va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Psixologiya fanining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – determinizm prinsipi; – ong va faoliyat birligi prinsipi; 11 – psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi. Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishi- ni va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixika- ning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgi- lanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard na- tijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini ri- vojlantirish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-ta- rixiy xususiyatga ega ekanligini tushuntirish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik prinsipdan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir. Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan mo- deli aynan ongda hosil bo‘ladi, odam o‘zini qurshab turgan muhitda uning yordamida mo‘ljal oladi. Ong va faoliyatning birligi prinsipi psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadiga erishishning muvaf- faqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri ta’riflangan bo‘ladi. Aynan shunday nuqtai nazar P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn, B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan. Psixikaning taraqqiyotini dialektik-materialistik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. S. L. Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb ta’kidlagan edi. Psixologiyaning kategoriyalari quyidagilardan iborat: – bilish jarayonlari; – emotsional-irodaviy holatlar; 12 – individual-psixologik xususiyatlar. Bilish jarayonlari – diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling