O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
psixologiyapdf
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Hozirgi zamon psixologiya fani shakllanishning turli bosqichlari- da bo‘lgan amaliyotning har xil sohalari bilan bog‘liq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli tizimini tashkil etadi. Psixologiyaning ko‘p 16 sonli tarmoqlarini qay tarzda tasniflash mumkin? Tasniflash imko- niyatlaridan biri yuqorida bayon qilingan psixika va ongning faoliyat- da rivojlanish prinsipida mujassamlashgan. Shunga tayangan holda, psixologiya tarmoqlarini tasniflash uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinishi mumkin: – muayyan faoliyat; – rivojlanish; – jamiyatga nisbatan munosabat. Inson faoliyatiga ko‘ra, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi quyidagi ko‘rinishda aks etadi: – mehnat psixologiyasi; – injenerlik psixologiyasi; – pedagogik psixologiya; – tibbiyot psixologiyasi; – yuridik psixologiya; – harbiy psixologiya; – sport psixologiyasi; – savdo psixologiyasi. Agar psixologiyaning shaxobchalarini tasnif qilishda rivojlanish- ning psixologik jihatlari asos qilib olinadigan bo‘lsa, u holda, biz uning rivojlanish prinsipi amal qiladigan quyidagi sohalariga duch kelamiz: a) yosh psixologiyasi; b) anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi; c) qiyosiy psixologiya. Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihat- lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: – ijtimoiy psixologiya; – mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi, ijtimoiy psixologiyadan farqli o‘laroq, mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asos- da tashkil qilish (MIT)ning psixologik jihatlarini o‘rganadi. Asosan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, operatorlarning faoliyatini o‘rganadigan, odam bilan mashina o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni injenerlik psixologiyasi hal etadi. 17 Kishining uchishini o‘rganish va uchish jarayonidagi faoliyatning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish aviatsiya psixologiyasining obyekti hisoblanadi. Vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, or- ganizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda ro‘y beradigan asab-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilgan- da kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishni kosmik psixologiya o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning predmeti kishiga ta’lim va tarbiya be- rishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish predmeti hisoblanadi. Pedagogik psixologiya bir necha guruhga bo‘linadi: ta’lim psixologiyasi (didaktikaning, xususiy metodikaning, dasturlashtirilgan o‘qitishning, aqliy harakatlarini shakllantirishning psixologik asoslari va boshqalar)ni o‘rganadi; tarbiya psixologiyasi tarbiyaning psixologik asoslarini (o‘quv- chilar jamoasi psixologiyasi, axloq tuzatish – mehnat pedagogikasi- ning psixologik asoslarini) o‘rganadi. Shuningdek, o‘qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash psixologiyasi pedagogik psixologiyasining bo‘limlari yoki tor sohalari hisoblanadi. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling